Mavzu yuzasidan amaliy topshiriqlar 1 - Topshiriq. Shartsiz va shartli reflekslarning xususiyati va ularning hosil bo’lish
mexanizmi hamda ob'ektiv borliq, signallari haqidagi bilimlarni tekshirish va
mustahkamlash.
Zarur material . Turli hayotiy omillarni ifodalagan savol va vazifalar:
1. Nima uchun yangi o’rganayotgan bokschi raqibining qo’lqopi uning ko’z oldida
paydo bo’lishi bilan ko’zini yumadi?
2. Vrach qachonlardir bolaga ukol qilgan edi. Shundan so’ng bola oq xalat kiygan
har qanday odamdan, hattoki u odam bolaga yaxshi tanish bo’lsa ham, qo’rqadigan
bo’lib qoldi. Bunga nima sabab?
3. Odatda institutning birinchi kurs talabalariga o’qituvchi-ma'ruzachi tomonidan
birinchi marta auditoriyaga kirib kelganda o’rningizdan turib qarshi oling, ikkinchi
soatga kirganda esa o’z joyingizdan qimirlamang, deb tarbiya beriladi. Shunga
qaramasdan, tanaffusdan so’ng ma'ruzachi ikkinchi marta xonaga kirib kelganda
ham ba'zi talabalar o’rinlaridan turadilar. Vaqt o’tishi bilan bu hodisa yo’qolib
boradi. Bu omilning fiziologik asosi nimadan iborat?
4. Ma'lumki, futbol uyinini yangi o’ynay boshlagan basketbolchi dastlabki
paytlarda to’pni tez-tez qo’liga ushlab oladi. Bu bilan u o’yin qoidasini buzadi.
Oradan bir qancha vaqt o’tgach, bu sportchi bunday xatoga yo’l qo’ymaydigan
bo’lib qoladi. Ushbu hodisaning fiziologik mexanizmini tushuntiring?
5. O’quvchilar maktabda yurish-turish haqidagi qoidaga muvofiq, o’qituvchining
"Darsimiz tugadi","Ketishingiz mumkin" degan so’zini eshitmagunlaricha
o’rinlaridan qimirlamasdan ishlarini davom etti-rishlari lozim. hatto qo’ng’iroq
ertaroq chalinganda ham shunday holat kuzatiladi. Vaholanki, dars oxirida
chalingan qo’ng’iroq ko’p vaqt o’quvchilarni harakatlanishga undaydi, natijada
ular ishni yig’ishtirib, sinfdan chiqishga oshiqadilar. Bolalar intizomini
mustahkamlash uchun qaysi fiziologik jarayonni rivojlantirish kerak?