O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə365/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

F.Galtonning
"Talantning irsiyatga bog’liqligi qonunlari va 
oqibatlari" degan kitobi nashr etildi. Bunda muallif bir necha yuzlab mashhur 
kishilarning qarindoshlik aloqalarini o’rganib, talant ota-onadan irsiyat yo’li orqali 
o’tadi degan xulosaga kelgan. Biroq Galtonning xulosalari ilmiy jihatdan 
asoslanmagan edi. Baxlar oilasida musiqaga bo’lgan talant dastavval 1550 yilda 
ma'lum bo’lgan. Bu talant 1800 yillarda yashagan qandaydir Regina Susanadan 
so’ng tamom bo’lgan. Umuman Baxlar oilasida 57 dan ko’p musiqachi bo’lgan. 
Ularning 20 tasi mashhur bo’lgan.
Bend degan skripkachilar oilasida 9 ta mashhur musiqachi bo’lgan. Goydon 
oilasida 2 ta mashhur musiqachi bo’lgan. Ko’pchilik qollarda mashhur 
odamlarning nasl-nasablarini o’rganish biologik irsiyatdan emas, balki hayot 
sharoitining nasdan naslga o’tishidan, ya'ni hobiliyatlar taraqqiyotiga yordam 
berishdan ekanligi ma'lum bo’ladi.
XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo’lgan layoqatni miyaning 
mikrotuzilishi va sezgi a'zolari bilan bog’lovchi faraz mahsuldor bo’lib 
hisoblanadi. Miya hujayralarini tadqiq etish iste'dodli nerv hujayralarining 
morfologik va funksional xususiyatlarida farq borligini aniqlash mumkinligi faraz 
qilinadi. Layoqatlar bilan nerv jarayonlarining ayrim differensial xususiyatlari 
hamda oliy nerv faoliyatining tiplari o’rtasida bog’liqlik mavjudligi to’g’risida 
faraz ham haqiqatga yaqindir. 
Rus psixologi 
B.M.Teplov
va uning shogirdlari ishlarida oliy nerv faoliyati
tiplarining xislatlari ta'siri tufayli shaxs qobiliyatlarining tuzilishida qandaydir sifat 
xususiyatlari paydo bo’lishini ani?lashga urinishgan. Jumladan, nerv tizimining 
alohida sezgirligi ma'lum qobiliyat nishonasi sifatida vujudga kelishi mumkin.


322 
Qobiliyatning tabiiy sharti, layoqati nerv tizimining tuzilishi va 
funksiyalarining hususiyatlari tarkibida ekanligi haqidagi barcha morfologik va 
funksionallik sifatlar singari umumgenetika qonunlariga bo’ysunish farazining 
haqqoniyligini dalillaydi. 
F.Galtonning
irsiyat qonunlari to’g’risidagi g’oya 
qobiliyatning tabiiy shartlangan xususiyatlari tavsifini ochib bera olmaydi. Chunki 
unda dalilga muhtoj juda ko’p o’rinlar mavjuddir. Shuning uchun qobiliyat 
tabiatini biologik irsiyatdan emas, balki turmush muhitining nasldan naslga 
o’tishidan qidirish maqsadga muvofiqdir, agarda insonning taraqqiyoti ijtimoiy-
tarixiy qonunlar bilan boshqarilishi tan olinar ekan, qobiliyatning taraqqiyoti 
biologik irsiyat qonunlarga bo’ysunishi mumkin emas.
Yuqoridagi mulohazalarga asoslangan holda xulosa qilish mumkinki, 
qobiliyat va layoqatlar tabiiy zaminga bog’liq bo’lsa-da, lekin ular faqat tabiatning 
in'omi emas, balki insoniyat tarixiy taraqqiyotining bebaho maqsulidir. Xuddi shu 
bois qobiliyatlarning namoyon bo’lishi shaxslar tomonidan ijtimoiy ehtiyojlarni 
qondirish davomida ijtimoiy shartlangan bilimlar va ko’nikmalarni tarkib 
toptirishning yaqqol usullariga bevosita bog’liqdir. Shuning uchun qobiliyatlar 
taraqqiyotining uzluksiz ta'lim tizimiga bog’liq ekanligini ta'kidlab o’tish muhim 
ahamiyatga ega.

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin