323
Moskvaning umumiy va pedagogik psixologiya instituti xodimlari
tomonidan o’quvchilarning talanti, iste'dod tushunchasi o’rganilgan. Aniqlangan
muhim qobiliyatlar yig’indisi aql iste'dod tuzilishini vujudga keltirilgan. Ilmiy
tadqiqotchilarning
fikricha, yuksak iste'dod quyidagicha bosqichlardan iborat
bo’lishi mumkin:
A) bunday shaxsning birinchi xususiyati ziyraklik, shaylik, jiddiy faoliyatni
bajarishga tayyor turishlikdir.
B) shaxsning ikkinchi xususiyati uning mehnatga tayyorgarligi (mehnatga
moyilligi, mehnatga intilishi, mehnatning ehtiyojga aylanishi)dir.
V) insonning uchinchi xususiyati unda tafakkur xususiyatlari va fikr yuritishning
tezligi, aqlning tartibligi, tahlil va umumlashtirishning yuqori imkoniyatlari,
aqlning mahsuldorligi. Ma'lumotlar tahlilining ko’rsatishicha, maxsus iste'dod
tuzilishi yuqoridagi sifatlardan tashqari aniq faoliyat talablariga muvofiq keluvchi
bir qator qobiliyatlar bilan to’ldiriladi.
Talant o’zining umumiy va maxsus sifatlari yig’indisi
bilan ijodiy yutuq
imkoniyatining ayniyatidir. Talant mahoratning dastlabki sharti hisoblansa-da,
lekin ular bir-birlaridan muayyan darajada tafovutlanadi. Talant - katta ijodiy va
zo’r mehnat mahsulidir. Mehnat esa hayotiy tajriba ko’nikmalarning zaruriy
majmuasi manbaidir. Ijodiyotning sharti va hayotiy tajriba zaruriy ko’nikma
malakalar yig’indisining mavjudligidir. Ijodiy faoliyat talantning ajralmas qismi
hisoblanib, bunda ruhlanish deb nomlangan psixologik holat alohida ahamiyat kasb
etadi. Ruhlanish esa faoliyat mahsuldorligi ortishiga qaratilgan ijodiy lahzadan
iboratdir. Talant imkoniyat tariqasida
psixologik hodisa hisoblansa, u holda
mahorat haqiqatga aylangan imkoniyat gavdalanishdir. Psixologik nuqtai nazardan
haqiqiy mahorat bu shaxs talantining faoliyatda namoyon bo’lishidir.
Agar jamiyat taraqqiyoti bunday kishilarga muhtoj bo’lsa bunday
kishilarning paydo bo’lish imkoniyati tug’iladi. Iste'dod qobiliyatlar yig’indisidan,
ularning majmuidan iboratdir. Alohida olingan yakka qobiliyatlar garchi u
taraqqiyotning juda yuksak darajasiga erishgan va yorqin ifodalangan bo’lsa ham
iste'dod bilan tenglashtirib bo’lmaydi. Bu haqda g’oyat o’tkir fenomenal xotiraga
ega bo’lgan kishilar haqida o’tkazilgan tadqiqotlar dalolat beradi.
Moskvalik psixologlar bir necha yillar davomida kuzatgan shaxslar o’zida
xotiradan boshqa qobiliyatlarni rivojlantirmadi va shuning uchun u o’zining ajoyib
qobiliyatlarga mos keladigan ijobiy muvaffa?iyatga erisha olmadi.
Shunday qilib, iste'dod shaxs psixik sifatlarining shu qadar murakkab
birikmasidirki, u qandaydir birorta yagona qobiliyat bilan bu qobiliyat xotiraning
yuksak mahsuldorligi kabi muhim ahamiyatga ega.
Psixologik tadqiqotlardan ma'lum bo’lishicha
birorta ham qobiliyatning
yo’qligi yoki yetarli taraqqiy etmaganligi iste'dod sifatlarining murakkab turiga
kiruvchi boshqa qobiliyatlarning jadal taraqqiyoti yo’li bilan muvaffaqiyatli
ravishda o’rni bosib boriladi.
Qobiliyatlar rivojlanishini quyidagi jadval orqali ko’rish mumkin.
324
Har qanday layoqat qobiliyat darajasiga ko’tarilishi uchun eng murakkab
yo’lni bosib o’tishi kerak bo’ladi. qobiliyatlar ilk davrlardanoq rivojlana boshlab,
bir necha bosqichda amalga oshadi.
Qobiliyatlarning rivojlanishi va shakllanishi birinchidan, ma'lum bir
faoliyatga moyillik yoki intilish borligiga va faoliyat natijalarining sharoitga qarab
tegishli tabiiy zehn, nishonalarni aniqlash yo’li bilan,
ikkinchidan mutaxassis
(muzikant, artist, rassom va hokazo) rahbarligida tizimli faoliyatga jalb etish orqali
shaxsning tabiiy xususiyatlarini chiniqtirish va rivojlantirish yo’li, bilan
uchinchidan, umumlashgan aqliy operasiyalarni shakllantirish yo’li bilan borishi
kerakki, bu operasiyalar umumiy va maxsus axborotni yengil va samarali
o’zlashtirishni, tanlagan faoliyat bo’yicha ko’nikma va malakalarni hosil qilishni
ta'minlasin. To’rtinchidan, o’quvchining maxsus qobiliyatini kamol toptirishni
jadallashtirishni ta'minlovchi shaxsni har tomonlama rivojlantirish yo’li bilan.
Beshinchidan, shaxsning faollik alomatlarini tarbiyalash yo’li bilan borish
kerakki?, bu alomatlari
dastavval mehnatsevarlik, mustaqillik, tashabbuskorlik,
puxtalik, qat'iyatlik, sinchkovlik va tanqidiylikdan iborat. Bularsiz individning
potensial imkoniyatlari va qobiliyati faoliyatda maksimal ravishda rivojlana
Dostları ilə paylaş: