O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Faoliyatning muhim xususiyatlari 
Hayvonlar faolligi 
Inson faoliyati 
Instinktiv - biologik faollik 
Bilishga va muloqatga bo'lgan ehtiyojlar 
bilan yo'naltirilgan 
Hamkorlikdagi faoliyat emas, biologik 
maqsadlar, 
(oziqlanish, 
himoyalanish)ga 
asoslangan 
to'da 
bo'lib
yurish, . 
Kishilik 
jamiyati 
hamkorligidagi 
faoliyat asosida tashkil topgan, har bir 
harakat inson uchun
hamkorlikdagi 
faoliyatidagi 
o'rniga 
ko'ra ahamiyatlidir 
Ko'rgazmali - yaqqol vaziyatlar bilan 
boshqariladi. 
Predmet 
va 
hodisalarni 
mavhumlashtirish, 
ular 
o'rtasidagi 
sababiy boqlanish va munosabatlarni
aniqlash mumkin.
Irsiy jihatdan mustahkamlangan dastur 
(instinkt)lar asosidagi xatti-harakatlar, 
ko'nikmalar yakka tartibda hosil bo'lib 
hayvonning yashash uchun tashqi 
Tajribani 
berish 
va 
o'zlashtirish 
muloqotning ijtimoiy vositalari (til va 
boshqa belgilar tizimi) yoki moddiy 
madaniyat mahsulotlari orqali amalga 


66 
sharoitlarga 
moslashishi 
sifatida 
namoyon bo'ladi. 
oshiriladi. 
Yordamchi qurollar, vositalar yasashi 
mumkin, ammo undan qurol sifatida 
doimo 
foydalanmaydi. 
Bir 
qurol 
yordamida 
boshqa 
qurol 
yasay 
olmaydi. 
Mehnat qurollari yasab, uni keyingi 
avlodlariga ham qoldirishi mumkin. 
Turli 
predmet 
va 
qurollardan 
foydalanib, yangi qurol va vositalar 
yarata oladi. 
Tashqi muhitga moslashadi 
O'z ehtiyojlariga muvofiq tarzda tashqi 
dunyoni o'zgartiradi. 
Odamni ishlashga majbur qiluvchi motiv uning ovqatlanish ehiyoji bo’lishi 
mumkin. Biroq odam, masalan, dastgohni ochlik ehtiyojini qondirish uchun 
boshqarmaydi. Inson faoliyatining mazmuni jamiyat talab qiladigan biron 
mahsulotni tayyorlash maqsadi bilan belgilanadi. Faollik manbai bo’lgan faoliyat 
yaxshi anglab olingan maqsad bilan belgilanadi. 
Yuqoridagi jadvalda inson faoliyati bilan hayvonlar xatti-harakati o’rtasidagi 
farqlar aks ettirilgan. Faoliyat faollikni anglab olingan maqsad bilan boshqaradi. 
Faoliyatni anglash qanday darajada bo’lmasin maqsadni anglash hamma vaqt ham 
zaruriy belgi sifatida qolaveradi.
I.M.Sechenov fiziologik organlar va tizimlar faolligi yoki ishi to’g’risida 
tasavvurga ega bo’lgan, shu sababdan uning asarlarida "Tafakkurning faol shakli", 
"Tafakkur faoliyati", "Miya faoliyati", "Muskul faoliyati" so’z birikmalar keng 
ko’lamda joy olganligi I.P.Pavlov tomonidan "Oliy nerv faoliyati", 
N.A.Bernshteyn esa "Fiziologik faolligi" atamani fan olamiga olib kirgan. Lekin 
N.A.Bernshteyn faollik, faoliyat, ish, mehnat tushunchalarini ma'nosiga ko’ra 
farqlagan bo’lishiga qaramay, u aksariyat hollarda faollikni faoliyat ma'nosida 
qo’llagan. 
Psixofiziologiyada faoliyat faollikni fiziologik ma'nosi sifatida talqin 
qilingan bo’lsa, ish, mehnat faoliyati, "mehnat faolligi" mazmunida qo’llaniladi. 
Ijtimoiy psixologiyada "Faoliyat - faollik - ish - mehnat", "Faoliyat - xulq", 
"mehnat - xulq, faoliyat" ko’rinishlari juftligi uchrab turadi. S.L.Rubinshteyn ong 
va faoliyat birligi tamoyilini ilgari surib, uni atroflicha asoslab berib, faoliyat 
psixologiyasini yaratish zarurligini tushuntira oldi. Uningcha, mehnat psixologik 
emas, balki "ijtimoiy kategoriya", psixologiya esa "mehnat faoliyatining psixologik
jabhalarini" tadqiq etadi. 
A.N.Leontev faoliyatning psixologik nazariyasini yaratib, uning asosiy 
tushunchasi sifatida "Predmetli faoliyat" so’z birikmasini fanga olib kirdi. Muallif 
tomonidan "Odamning hissiy amaliy faoliyati" so’z birikmasi "ijtimoiy inson" 
sifatida talqin etiladi. Uning asarlarida "Faoliyat", "Xulq" tushunchalari har xil 
mazmunda ishlatiladi, jumladan "Teskari aloqalar vositasida xulqni boshqarish", 
"Faoliyatning halqali tuzilishi", "Faoliyatni boshqarish", "qo’lning tuyush 
faoliyati", "Perseptiv faoliyat", "Reseptor va effektor" apparatlarining hamkorlik 
faoliyati kabilar.
B.G.Ananev faoliyat psixologiyasini faollik psixologiyasi ma'nosida 
tushunadi. Uning fikricha bilish va muomala faoliyatning birlamchi ko’rinishidir. 


67 
Tadqiqotchi "Inson faoliyati", "Tashkiliy ish", "Tashkilotchilik faoliyati", "Xulq 
jarayonining algoritmlari" atamala-ridan har xil ma'noda foydalanadi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin