O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova


Faoliyatning interiorizasiyasi va eksteriorizasiyasi



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Faoliyatning interiorizasiyasi va eksteriorizasiyasi. 
Tashqi olamda turli hodisalar ma'lum darajada o’zaro doimiy bog’liqlikka, 
ma'lum sharoitlarda namoyon bo’ladigan biror mustahkam xususiyatga va 
tuzilishga egadir. 
Ob'ektlar bilan hodisalar o’rtasidagi bunday barqaror (invariant) 
munosabatlarni ob'ektlarning muhim xususiyatlari deb yuritiladi. Bu ularning 
kelajakda qay darajada o’zgarishi va shu maqsadga muvofiq ish tutish, ya'ni ob'ekt 
va hodisalarning "xatti-harakatlari"ni oldindan ko’ra olish imkoniyatini beradi. 
Tashqi, ya'ni buyumlar bilan qilinadigan bunday holda guyo ichki, ya'ni ildam 
faoliyatni oldindan payqab olinadi. Ob'ekt (narsa) ustida qilinadigan konkret ishlar 
bu ob'ektlarning muhim xususiyatlari ustida qilinadigan operasiyalar bilan, ya'ni 
ideal (psixik) ishlar bilan almashinadi. Boshqacha qilib aytganda, narsalar bilan 
jismoniy tarzda qilinadigan ishlar shu narsalarning mazmuni bilan almashinadi. 
Tashqi real ishdan ichki ideal ishga mana shunday o’tish jarayonini 
interorizatsiya 
deb yuritiladi (ichki ishga aylanadi). Inson psixikasi 
interiorizasiyasi tufayli ayni chog’da ko’z o’ngida yo’q bo’lgan narsalarning 
obrazlari bilan ishlay bilish qobiliyatiga ega. Interiorizasiya muammosi rus 
olimlari L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, P.Ya.Galperin va ularning shogirdlari 
tomonidan turli jabhalarda tadqiq qilingan. Interiorizasiya orqali inson psixikasi 
muayyan vaqt oralig’ida uning idrok maydonida yo’q narsalarning timsoli (obrazi) 
dan foydalanish qurbiga ega bo’ladi. Shu narsa ma'lumki bunday o’zgarishlarning 
muhim quroli bo’lib, so’z o’zgarishi vositasi sifatida nutqiy faoliyat xizmat qiladi. 
Shuning uchun so’zlarni to’g’ri ishlatishga odatlanish favqulodda buyumlarning 
muhim xususiyatlari haqida axborotdan foydalanishning usullarini o’zlashtirish 
demakdir. Inson aqliy taraqqiyotida interiorizasiyaning ahamiyati kattadir.
Ma'lumki, odamning ichki dunyosi paydo bo’lgandan so’ng har bir narsani, 
har bir harakatni oldindan ichida o’ylab so’ngra amalga oshiradi. Oldin ichida 
o’ylab, so’ngra bevosita tashqi munosabatga o’tishi faoliyatning eksteriorizasiyasi 
deb yuritiladi.
Shuning uchun shaxs faoliyatining jismoniy (tashqi) va psixik (ichki) 
tuzilmalari bir-biri bilan uyg’unlashganligi ko’zga tashlanadi. Inson faoliyatining 
tashqi jabhasi uning atrof-muhitga ta'sir ko’rsatishga mo’ljallangan sa'i - harakatlar 
ichki psixik jihatiga bog’liq bo’lib, ularni motivlashtiradi, bilishga undaydi va 
boshqaradi. Shuningdek tashqi jabha o’z navbatida a) psixik faoliyat buyumlar va 
jarayonlar xususiyatini o’zida namoyon qiladi; b) ularning maqsadga muvofiq 
tarzda qayta o’zgarti-rilishini amalga oshiradi; v) psixik andozalar o’xshashligini, 
natijalar va harakatlarning kutilmalariga muvofiqligini ko’rsatadi; g) ularni 
uzluksiz ravishda yo’naltirib va nazorat qilib turadi. Shunga muvofiq ravishda 
tashqi yaqqol faoliyatini ham ichki (psixik) faoliyatning eksteriorizasiyalashuvga 
aylanishi deb baholash maqsadga muvofiq. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin