Tayanch tushunchalar Etakchi faoliyat - faoliyat turlaridan biri bo’lib, bunda ma'lum davr ichida
shaxs sifat jihatidan o’zgarib shakllanadi.
Interiorizasiya (lot. interior - ichki) - tashqi amaliy harakatlarning ichki
aqliy amallarga aylanish jarayoni.
Ko’nikma - odamning ma'lum ishni bajarishga tayyorligida ko’rinadigan
qobiliyati.
Malakalar interferensiyasi (lot. later - orasida, ferens - tarqatuvchi) avval
hosil qilingan malakalarning keyinchalik boshqa yangi malakalarning hosil bo’lish
jarayoniga sal'biy ta'sir ko’rsatishi natijasida yangi malakalarning susayib qolishi.
Mehnat - odamning ma'lum maqsadga, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun
borliqni bilish va uni qayta qurishga, moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratishga
yo’naltirilgan faoliyati.
Faoliyat - insongagina xos, ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli
paydo bo’ladigan va tashqi olam bilan kishining o’z-o’zini bilishga, uni qayta
ko’rishga yo’naltirilgan faolligi.
Faoliyat mahsulini tahlil qilish - psixologiyaning ilmiy-tekshirish
metodlaridan biri; shaxsning bilim va mahorati, qobiliyati, qiziqishlari, didi,
faoliyat turiga bo’lgan munosabatlari va uning o’zgarishini o’rganish usuli.
Faollik - tirik materiyaiing umumiy xususiyati, tevarak-atrofdagi muhit
bilan o’zaro ta'sirda bo’lishida namoyon bo’ladi.
Eksteriorizasiya (lot. Exterior - tashqiga aylanish) - ichki psixik faoliyatning
tashqi amaliy faoliyati, jonli mushoxadaga aylanishi.
O’yin - faoliyat turlaridan biri. Bu bolalarning kattalar faoliyatini, ularning
ish-harakatlarini, odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarii aks ettirishda
ifodalanadigan va tevarak-atrofdagi borliqni bilishga qaratilgan faoliyatidir.
O’qish - shaxsning bilim va faoliyat usullaripi egallashga hamda uni
mustahkam esda saqlab qolish jarayoni.
75
Harakat - maqsadga muvofiq yo’naltirilib, ongli ravishda amalga
oshiriladngan harakatlar yigindisi.