O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Noverbal kommunikasiyaga
belgilarning optik-kinetik tizimi kirib, ularga 
jestlar (qo’l harakatlari), mimika (yuz harakatlari) va pantomimika (qo’l, oyoq, 
tana harakatlari) kiradi. 
Jestlar
- insonning qo’l harakatlari bo’lib, u orqali insonning ichki holati, 
biror bir ob'ektga munosabati va tashqi olamga yo’nalganligi ifodalanadi. U yoki 
bu xalqlarda jestlar turlicha qabul qilinadi. Italyan va fransuzlar o’z muloqotlarini 
jestlarsiz tavsavvur eta olmaydilar. O’zbek xalqida nutqda jestlardan foydalanish 
yaxshi odat sifatida qabul qilinmaydi. Lekin shuni ham ta'kidlash lozimki, noverbal 
kommunikasiya og’zaki nutqda aytilmay qolgan fikrlarni ifoda etish imkonini 
beradi. 
Mimika
- inson yuz harakatlarining bir qismi bo’lib, u orqali insonning 
o’ylari, xatti-harakatlari, tasavvurlari, xotirlashi, taajjubi va hokazolarda namoyon 
bo’ladi.


84 
Pantomimika
- inson tanasi yoki uning qismlari yordamida ifodalanadigan 
harakatlar tizimidir. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, kundalik muloqot jarayonida 
so’zlar 7% ni, tovushlar va intonasiya 38% ni, nutqsiz muloqot esa 55% ni, tashkil 
qiladi. 
Publisiy aytganidek, biz 
"Ovoz bilan gapiramiz tana bilan suhbatlashamiz".
Noverbal kommunikasiyaning boshqa belgilar tizimini ko’rib chiqaylik. 
Paralingivistik va ekstralingvistik belgilar tizimi
- bu lokalizasiya tizimi 
bo’lib, u ovoz sifatida diapozonini nutqdagi pauzalar, yo’tal, yig’i, kulgu, nutq 
tempida namoyon bo’ladi. 
Muloqot jarayonida muloqotga kirishuvchilarni bir-birlariga nisbatan 
joylashishlari ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, auditoriyadagi stollar 
joylashishi muloqot uchun juda no?ulaydir. Ayniqsa, seminar mashg’ulotlari 
jarayonida o’qituvchi, ma'ruzachi muloqoti vaqtida qolganlari munozarada faol 
ishtirok etish imkoniyatiga ega emasdirlar. 
Seminarlarni yoki shu kabi suhbatlarni "T" shaklida joylashgan stol stullarda 
o’tkazish ham foydali, lekin dumaloq shaklda joylashtirilgan stol, stullarda 
muloqot juda samaralidir. 
Vizual muloqotda "ko’z kontakti" belgilar tizimi ham qo’llaniladi. Ushbu 
tizim pedagoglar, rahbarlar ish faoliyatida muhim ahamiyatga egadir. 
Qiziqarli belgilar tizimi sifatida muloqot jarayonida gul, fotorasm va 
boshqalardan foydalanish mumkin. Ehtimol gullar orqali insonlar ma'lum bir 
ma'lumotni uzatish imkoniyatiga egalar. Shu bois gullar tarixi haqida ayrim 
ma'lumotlarni keltiramiz. Gullar tili qadimda Sharqda paydo bo’lgan. Uni ayollar 
yaratishgan. O’z yuzlarini ochish imkoniyatiga ega bo’lmagan ayollar o’z hislarini 
va kayfiyatlarini gullar orqali ifodalashga harakat qilganlar. Assosiasiya sifatida 
paydo bo’lgan belgilar qat'iy odatlarga aylangan. Masalan, azaliya guli sog’inch, 
yolg’izlik, gnasint qunchalarining soni uchrashuv kunini, qo’ng’iroq gullar soni 
uchrashuv vaqtini anglatadi. 
XIX asrga kelib, gullar tili dastlab Fransiyada, so’ng Angliya va butun 
jahonga tarqalgan. Asta-sekin gullar tili bilan ranglar tili ham yuzaga keldi. 
Jumladan, Yevropaning ko’p davlatlarida siyoh rang do’stlik, hashamatlilik, 
to’kinlik ramzi bo’lsa, Yaponiyada-ham og’riq belgisi bo’lgan. Har qaysi rang 
ma'lum holat, kayfiyat ma'nosini anglatadi. Jumladan qizil rang hayot, sevgi, pushti 
- yoshlik, sariq - baxt, quyosh, to’y, xursandchilik, yashil - tinchlik, xotirjamlik, 
ko’k - ishonch, vafo, qora - tantanavorlik, qayg’u, oq - poklik, beg’uborlik ramzi 
sifatida tushuniladi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin