71
ketingi miya;
o‟rta miya;
oraliq miya;
oldingi miya.
Ketingi miya
ga uzunchoq miya, Varoliy ko‟prigi va miyacha kiradi.
Uzunchoq miya bilan Varoliy ko‟prigi orqa miyaning go‟yo bevosita davomidir.
Lekin shu bilan birga, uzunchoq miya orqa miyaga qaraganda xiyla murakkab
vazifani o‟taydi. Uzunchoq miya orqali
orqa miyadan bosh miyaning
yuqoriroqdagi bo‟limlariga va, aksincha, bosh miyaning yuqoriroqdagi
bo‟limlaridan orqa miyaga impulslar o‟tib turadi. Uzunchoq miya yadrolari
emish, chaynash, yutish, so‟lak
ajratish, me‟da va me‟da osti bezidan shira
ajratish, qusish va shunga o‟xshash bir qancha murakkab reflektor jarayonlarda
qatnashadi. Nafas olishni, yurakning ishla shini idora etadigan,
qon tomirlar
tonusini saqlaydigan markazlar uzunchoq miyadadir. Miyacha markaziy nerv
sistemasining pastdagi hamma bo‟limlariga, shuningdek, yuqoriroqdagi
qismlariga ko‟p yo‟llar bilan mahkam bog‟langandir.
Miyachaning juda qatta
ahamiyatga ega eqanligi loaqal shundan ham ko‟rinadiki, miyacha olib
tashlangandan keyin tananing muvozanat va harakat funksiyalari juda ham
buziladi; harakatlar tartibsiz,
chalkash, poyma-poy bo‟lib qoladi. Miyachasi olib
tashlangan hayvon qaddini ko‟tarib va boshini tutib turolmaydi; boshi va tanasi
doim tebranib turadi; omonat, poyma-poy, haddan
tashqari keskin harakatlar
qiladi.
O‟rta miya
. Muskul tonusining normal taqsimlanishini va gavdaning
tovush hamda yorug‟lik singari qo‟zg‟ovchilarga,
shuningdek og‟irlik
kuchiga nisbatan to‟g‟ri turishini idora etadigan to‟rt tepalik, qizil yadro va
miyaning boshqa ba‟zi bir uchastkalari o‟rta miya tarkibiga kiradi. O‟rta miyasi
olib tashlangan mushuk, it va maymunlar normal
harakat qila olmaydigan
bo‟lib qoladi.
Oraliq miya
muhim funksiyalarni o‟taydigan bir qancha nerv
uchastkalaridan iborat. Gavdaning umumiy sezuvchanligini ham o‟rta miya idora
etadi. Pastroqdagi vegetativ markazlarning ishlarini birlashtiradigan va
72
muvofiqlashtiradigan oliy vegetativ markazlar ham o‟rta
miyada deb taxmin
qilinadi.
Uzunchoq miya, Varoliy ko‟prigi, o‟rta miya va oraliq miya hammasi
birgalikda
Dostları ilə paylaş: