O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/107
tarix11.11.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#132299
növüУчебное пособие
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107
U.Fayziyeva, N.Jumayeva. Umumiy psixologiya. 2021 yil

Nazorat savollari: 
1. Psixologiya haqidagi tasavvurlar rivojlanishining asosiy bosqichlari haqida 
ma‟lumot bering? 
2. Psixologiyaning falsafa doirasida rivojlanishi haqida qanday ma`lumotlarni 
bilasiz? 
3. Jonli va jonsiz tabiatda aks ettirishga misollar keltiring? 
4. Psixik aks ettirish haqida to`liqroq ma‟lumot bering? 
5. Onglilik va ongsizlik haqida nimalarni bilasiz? 
 
 
 


82 
11-MAVZU. INSON PSIXIKASINING IJTIMOIY-TARIXIY TABIATI 
 
Tayanch tushunchalar: 
ehtiyoj, individ, sub‟ekt, shaxs, individuallik, shaxs 
individual-psixologik xususiyatlari, inson va texnika munosabatlar, mehnat 
psixologiyasi.
 
11.1. Mehnat faoliyat xususiyati: jamoviy va boshqalar. 
Mehnat psixologiyasi – kishi mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini
mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o‟rganadigan fan 
sifatida, bugun tom ma‟noda, mehnat faoliyatining psixologik qonuniyatlarini 
bilish, mehnat vazifalarini ro‟yobga chiqarishda inson shaxsi imkoniyatlarini va 
chegarasini aniqlash, inson va mehnat shart-sharoitlarining o‟zaro ta‟siri hamda 
moslashuvining qonunlarini o‟rganish eng muhim hisoblanadi. 
Mehnat faoliyati psixologiyasi – bu psixologiyaning bir sohasi bo‟lib, inson 
shaxsini mehnat subyekti sifatidagi shakllanishi xususiyatlarini, mehnatning shart-
sharoitlari, yo‟llari va usullarini ilmiy jihatdan o‟rganadi. 
Mehnat faoliyati psixologiyasining asosiy vazifalariga quyidagi muammolar 
bo‟yicha amaliy tavsiyalarni o‟rganish va ishlab chiqish kiradi: 
Kasbiy faoliyat muayyan turlarining psixologik xususiyatlari (uning 
vositalari, mazmuni, tashkil etish va shart-sharoitlar, xatolar tahlili, kasblar 
klassifikatsiyasi va boshqalar); 
Shaxs 
individual-psixologik 
xususiyatlarini 
mehnat 
samarasi, 
muvaffaqiyati va xavfsizligiga ta‟siri; 
Shaxs kasbiy layoqati shakllanishining psixologik qonuniyatlari (kasbga 
yo‟naltirish, kasbiy tanlov, kasbiy tayyorgarlik, mehnatga moslashuv); 
Mehnat kishisining funksional holati (toliqish, emotsional zo‟riqish, stress, 
monotoniya va boshqalar) va ularni diagnostika, profilaktika va korreksiya qilish 
usullari; 
Inson va texnika munosabatlarining psixologik qonuniyatlari; 
Yangi texnikani yaratish va qo‟llash jarayonining injener-psixologik 
ta‟minoti (loyihalash, baholash). 


83 
Mehnat faoliyati psixologiyasi faoliyatni takomilashtirish yo‟llari, usullari va 
vositalarini o‟rganishdan tashqari, inson psixikasining fundamental hodisalarini 
tadqiq etish (mehnat subyektining shakllanishi, holat regulyatsiyasi mexanizmlari, 
mehnat sharoitida shaxs xususiyatlarining roli, kasbiy qobiliyatlarni shakllanishi va 
boshqalar)ni ham o‟rganadi. 
Atrof-muhitni o‟zgartiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy jarayon sifatida mehnat va 
psixologiyaning o‟zaro munosabatlari mehnat faoliyati psixologiyasi mohiyatining 
bir qator jiddiy holatlariga tayanadi: 
U nafaqat inson mehnatini yengillashtirishga, balki mehnatni yanada 
mahsuldor, jozibali, xavfsiz etib, zavq va iqtisodiy jihatdan naf berishiga 
qaratilgan; 
U mehnatni insonga va insonni mehnatga moslashtirishga qaratilgan 
(insonning tabiat, texnika, boshqa odamlar ustidan hukmronlik qilishi g‟oyasini 
munozarali, gohida mavhum etadi); 
U mehnat faoliyatida psixikaning shaxsga bog‟liq va o‟zgaruvchan 
xususiyatlarini turli toifadagi odamlarga xos ekanligini aks ettiruvchidir. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin