O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Ehtiyojlarning vujudga kelishi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/107
tarix11.11.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#132299
növüУчебное пособие
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107
U.Fayziyeva, N.Jumayeva. Umumiy psixologiya. 2021 yil

 
11.2. Ehtiyojlarning vujudga kelishi. 
Har qanday individual faoliyatga nisbatan ehtiyojning tug‟ilishi ijtimoiy 
alomat, umumiylik, hamkorlik xususiyatini kasb etib, faoliyatga yondashuvda 
yaqqahollik umumiylikni, umumiylik esa alohidalikni uzluksiz ravishda beto‟xtov 
aks ettirib turadi. Tabiiy ehtiyojlarda inson faoliyatining faolligi, o‟z shaxsiy 
hayotini himoya qilish, o‟z avlodi hayotini saqlash, uni qo‟llab-quvvatlash uchun 
zaruriy shart-sharoitlarga tortilganlik, tobelik aks etadi. Tabiiy ehtiyojlar tarkibiga 
odamlarni ovqatlanish, tashnalikni qondirish, jinsiy moyillik, uxlash, issiq va 
sovuqdan asranish, musaffo havoga intilish, tana a‟zolariga dam berish kabilar 
kiradi. Tabiiy ehtiyojlar uzoq vaqt davomida qondirilmasa, uning oqibatida inson 
halokatga mahkum bo‟ladi, o‟z sulolasi hayoti va faoliyatini xavf ostiga qoldiradi. 
Tabiiy ehtiyojlar insonda hayvonot ajdodlarnikiga va ibtidoiy jamoa 
a‟zolarinikiga o‟xshash bo‟lsa-da, lekin ular o‟zining psixologik mohiyatiga ko‟ra 


84 
EHTIYOJLARNING TURLARI 
Kelib chiqishiga 
ko`ra 
Tabiiy 
Madaniy 
Predmetiga ko`ra 
Moddiy
Manaviy 
mavjudodlarnikidan ham sifat, ham miqdor jihatdan tafovutlanadi. Ehtiyojlarni 
qondirilish usullari, shakli, quroli tobora takomillashib borishdan tashqari, ularning 
mohiyati, mazmuni ham o‟zgarib bormoqda, misol uchun hozirgi zamon kishisi 
eramizdan oldingi ajdodlarimizga nisbatan boshqacha tarzda o‟z ehtiyojlarini 
ro‟yobga chiqaradi va ularni qondirishga intiladi. Uy ro‟zg‟or buyumlarining
o‟zgarishi ehtiyojlarini qondirish yo‟llari takomillashuvidan darak beradi. 
Shuning uchun insonlarning tabiiy ehtiyojlari ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega, 
chunki ular ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsulidan iboratdir. Inson faoliyatining 
faolligi insoniyat madaniyatini mahsuli bilan bog‟liqligini ifodalab, madaniy 
ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Madaniy ehtiyojlar, madaniyat to‟g‟risida mulohaza 
yuritilganda uning ijtimoiy ildizlari kishilik tarixining dastlabki manbalari bilan 
uzviy bog‟lanib ketishini ta‟kidlab o‟tish lozim. Lekin tabiiy ehtiyojlar madaniy 
ehtiyojlar bilan o‟zaro uyg‟unlashgan bo‟lib, birinchisi ikkinchisini taqozo etadi, 
chunki ular biri-birining negizidan kelib chiqadi. Psixologiya fanida ehtiyojlarni 
tasniflash ularni kelib chiqishi va o‟z predmetining xususiyatiga binoan amalga 
oshiriladi. Odatda, o‟zlarining kelib chiqishiga binoan ehtiyojlar tabiiy va madaniy 
turga ajratiladi. Xuddi shu boisdan madaniy ehtiyojlar obyektiga tabiiy 
ehtiyojlarini qondiruvchi uy-ro‟zg‟or buyumlar, mehnat faoliyati orqali boshqa 
kishilar bilan bog‟lanish vositalari, madaniy aloqalar o‟rnatish usullari, shaxslararo 


85 
muomalaga kirishish uslublari, ijtimoiy turmush zaruriyatiga aylangan narsalar, 
o‟qish va tajriba orttirish yo‟llari kiradi. Odatda, jamiyat ta‟lim va tarbiya tizimini 
egallash, xalq an‟analari, marosimlari, bayramlari, odatlari, rasm-rusumlari, xulq-
atvor ko‟nikmalarini o‟zlashtirish jarayonida rang-barang madaniy ehtiyojlar 
vujudga keladi, yangicha ma‟no kasb eta boshlaydi. Yuqorida ta‟kidlab 
o‟tganimizdek, tabiiy ehtiyojlar qondirilmasa, ular insonni halokat yoqasiga 
yetaklaydi, biroq madaniy ehtiyojlarning qondirilmasligi unday oqibatlarga olib 
kelmaydi, ammo odamda madaniy fazilatlarning shakllanishiga putur yetkazadi, 
uning kamolotini sekinlashtiradi. Shu narsani ta‟kidlab o‟tish joizki, madaniy 
ehtiyojlar o‟zining darajasiga ko‟ra, jamiyat tomonidan o‟z a‟zolari oldiga 
qo‟yilayotgan talablar bilan bog‟liqligiga binoan, ular o‟zaro bir-birlaridan keskin 
tafovut qiladi. Masalan, hozirgi zamon yoshlarining bilim olishga nisbatan tinimsiz 
izlanishini, ya‟ni bilim olish ehtiyojining mohiyatini eng so‟nggi moda bo‟yicha 
kiyinishga odatlangan xuddi shu yoshdagi tengdoshining ehtiyojlarini bir xil 
mezon bilan o‟lchash va baholash adolatdan emas. Chunki ehtiyojlarning 
mohiyatiga, ularni qondirish uchun amalga oshirish ko‟zda tutilgan faoliyat 
natijasiga, ularning xususiyatiga ijtimoiy yoki individual yo‟nalganligiga binoan, 
har qaysisi alohida-alohida baholanadi. Ijtimoiy jamiyat tomonidan o‟z fuqarolari 
oldiga qo‟yilayotgan talablariga, jamiyatning huquq asoslariga, xalq an‟analariga, 
yurish-turish qoidalariga, ma‟naviyat va qadriyat tizimiga, maslak va dunyoqarash 
mohiyatiga mos tushadigan ehtiyojlar yuksak onglilik, ijtimoiy faollik, ma‟naviy 
kamolot uchun xizmat qiladi, jamiyat taraqqiyotining muhim mezonlaridan biri 
bo‟lib madaniy ehtiyojlarni tug‟ilish va ularni qondirilish darajasi va ma‟naviyatni 
egallashdagi roli hisoblanadi. 
Psixologiya fanida ehtiyojlar o‟z predmetining xususiyatiga ko‟ra moddiy va 
ma‟naviy turlarga ajratiladi, ularni keltirib chiqaruvchi mexanizmlar manbai 
turlicha ekanligi e‟tirof etiladi. Insonning ovqatlanish, kiyinish, uy-joyiga ega 
bo‟lish, maishiy turmush ashyolariga intilish, komfort hissini qondirish bilan 
bog‟liq madaniyat predmetlariga nisbatan ehtiyoj sezish moddiy ehtiyojlar 
majmuasini yuzaga keltiradi. Ma‟naviy madaniyatni yaratish va o‟zlashtirish, 


86 
shaxsning o‟z fikr mulohazalari va his-tuyg‟ulari bo‟yicha boshqa odamlar bilan 
muomalaga kirishish hamda axborat almashtirish, badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan 
tanishish, mahalliy matbuotni o‟qish, kino va teatr ko‟rish, musiqa tinglash 
kabilarga ehtiyoj sezish, ya‟ni ijtimoiy ong mahsuliga tobelik ma‟naviy ehtiyojlar 
tizimini vujudga keltiradi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin