100
13-MAVZU. ONTOGENEZDA INSON PSIXIKASINING RIVOJLANISHI
Tayanch tushunchalar:
intereorizatsiya, ekstereorizatsiya, ontogenez,
filogenez, yosh davrlari, obyekt va subyekt.
13.1. Ijtimoiy-tarixiy tajribada shaxs va ongning vujudga kelishi.
Ontogenez (yun. ontos - borliq va genez) - organizmning individual
rivojlanishi, uning shakllana boshlashidan hayotning oxirigacha sodir boʻladigan
ketma-ket oʻzgarishlar majmui. Ontogenez terminini nemis olimi E. Gekkel (1866)
fanga kiritgan. Ontogenez urugʻlangan tuxum hujayra, yaʼni zigotadan boshlanadi.
Jinssiz koʻpayadigan organizmlarda yangi organizm ona hujayraning boʻlinishidan
(bir hujayralilarda), kurtaklanishdan yoki tugunak, ildizpoya va boshqa vegetativ
organlardan (vegetativ koʻpayishda) vujudga keladi. Ontogenez organizmning
xususiy rivojlanishi davomida roʻy
beradigan barcha morfologik, fiziologik va
funksional jarayonlarni qamrab oladigan, oʻzaro uzviy bogʻlangan miqdor va sifat
oʻzgarishlari orqali amalga oshadi. Ontogenez ketma-ket keladigan bosqichlar
rivojlanish davrlaridan iborat. Jinsiy koʻpayadigan organizmlarda bu bosqichlar
murtak (embrional), murtakdan keyingi, yaʼni postembrional va balogʻatga
yetish
davrlarini oʻz ichiga oladi. Ontogenez davomida rivojlanayotgan organizmning
alohida qismlari oʻsadi, ixtisoslashadi va oʻzaro muvofiqlashadi. XVIII asrda
ontogenezni tushuntirishda ikki konsepsiya kurash olib bordi. Ulardan biri -
preformizm ontogenezni individual oʻsishdan iborat deb tushuntirsa,
ikkinchisi -
epigenez esa uni strukturasiz murtakdan boshlanadigan yangi hosilaning
rivojlanish jarayoni sifatida tushuntiradi.
Zamonaviy tushunchalarga binoan, ontogenez boshlanayotgan hujayrada irsiy
axborot kodi holatida organizmning bundan keyingi rivojlanishi programmasi
joylashgan. Ontogenez davomida bu programma yadro bilan sitoplazmaning oʻzaro
taʼsiri jarayonida murtakning har bir hujayrasida, uning har xil hujayralari va
hujayra komplekslari oʻrtasida amalga oshadi.
Irsiy apparat maxsus oqsil
molekulalarining sintezini kodlash orqali morfogenetik jarayonlarning umumiy
101
yoʻnalishini belgilab beradi. Bu jarayonlarning amalga oshishi ozmi-koʻpmi (irsiy
belgilangan reaksiya normasi chegarasida) tashqi muhit taʼsiri bilan bogʻliq.
Hayvonlarda ontogenez jarayonlarini boshqarishda nerv va endokrin sistemasi
muhim ahamiyatga ega. Ontogenez jinsiy koʻpayadigan koʻp hujayrali
hayvonlarda, ayniqsa, murakkab sodir boʻladi. Ular ontogenezida ontogenezning
murtakgacha
(proembrional),
murtak
(embrional),
murtakdan
keyingi
(postembrional), voyaga yetgan davrlari boʻladi. Proembrional davr jinsiy
hujayralarning yetilishi (gametogenez) va urugʻlanish davrini;
embrional davr
embrionning tuxumdan yoki embrion pardadan chiqqungacha, postembrional davr
jinsiy voyaga yetgunga oʻtgan davrni, voyaga yetgan davr esa organizmning
yetuklik va keksaygan holatini oʻz ichiga oladi. Hayvonlarda ontogenezning 3 tipi
maʼlum: 1) lichinkalik - tuxum poʻstidan ancha erta chiqqandan soʻng organizm
lichinka holida hayot kechiradi, lichinka davri oxirida esa metamorfoz yuz beradi;
2) tuxum qoʻyuvchi - murtak uzoq vaqt tuxum ichida
rivojlanadi, lichinka davri
boʻlmaydi; 3) ona qornida urugʻlangan tuxum, tuxum yoʻlida rivojlanadi, bunday
holatda baʼzan murtak bilan ona organizm oʻrtasida yoʻldosh orqali bogʻlanish yuz
beradi.
Anʼanaviy
ravishda
ontogenezni
embriologiya
oʻrganar
edi.
Embriologiyadan
rivojlanish
biologiyasi
ajralib
chiqqandan
soʻng
embriologiyaning vazifasi murtakdan oldingi va murtak davrini oʻrganish boʻlib
qoldi. Oʻsimliklarda ontogenez urugʻlangan tuxum hujayraning rivojlanishidan
boshlanadi. Oʻsimliklarda ontogenezning oʻziga xos xususiyatlari jinssiz (sporofit)
va jinsiy (gametofit) naslning almashinishidan iborat. Sporofit zigotadan, gametofit
- unib chiqayotgan sporadan hosil boʻladi. Gulli oʻsimliklar hayotiy siklida sporofit
ustunlik qiladi, erkak va urgʻochi gametofit esa qisqarib ketadi. Vegetativ
koʻpayishda ontogenez ona organizm,
shu jumladan, ixtisoslashgan organlar
(ildizmeva, tugunak, piyozboshi va boshqalar) hujayralarining boʻlinishidan
boshlanadi. Odatda, oʻsimliklar ontogenezi embrionlik, yuvenil (yoshlik), yetuk,
koʻpayish va qarilik davrlariga boʻlinadi. Ontogenez davrida oʻsimliklar
hujayralari, toʻqimalari va organlarining strukturaviy va funksional ixtisoslashuvi
yuz beradi; oʻsimliklar turli qismlarining oʻzaro taʼsiri murakkablashib boradi;
102
yaxlit sistema sifatida butun bir organizm yoshga oid qaytmas oʻzgarishlar
paydo
qiladi. Ontogenezda oʻsimliklarning bir butunligi fitogormonlar, shuningdek, har
xil organlar, fotosintez qiluvchi organ - barglar bilan suv va mineral moddalarni
shimuvchi ildiz oʻrtasida metabolitlar almashinuvi orqali taʼminlanadi. Ontogenez
davomida oʻsimlik oʻsadi va rivojlanadi. Oʻsish oʻsimlikning boʻyiga ortishi, yaʼni
miqdoriy oʻzgarishi boʻlsa, rivojlanish sifat oʻzgarishidan iborat. Koʻpchilik
oʻsimliklar yopishib yashashi tufayli ular ontogenezi koʻp
jihatdan tashqi muhit
sharoitiga bogʻliq. Oʻsimliklarda muhitning noqulay omillariga turli xil
moslanishlar (tinim holati, fotoperiodizm va boshqalar) paydo boʻlgan. Shu tufayli
ular faoliyatining faol davri yilning eng qulay fasliga toʻgʻri keladi.
Dostları ilə paylaş: