O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/107
tarix11.11.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#132299
növüУчебное пособие
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   107
U.Fayziyeva, N.Jumayeva. Umumiy psixologiya. 2021 yil

14.2. Faoliyat predmetliligi. 
Psixofiziologiyada faoliyat faollikni fiziologik ma‟nosi sifatida talqin qilingan 
bo‟lsa, ish, mehnat faoliyati “mehnat faolligi” mazmunida qo‟llanadi. Ijtimoiy 
psixologiyada “faoliyat-faollik-ish-mehnat”, “faoliyat-xulq”, “mehnat-xulq-
faoliyat” ko‟rinishlari juftligi uchrab turadi. S.L.Rubinshteyn ong va faoliyat birligi 
prinsipini ilgari surib va atroflicha asoslab berib, faoliyat psixologiyasini yaratish 
zaruriyatini tushuntira oldi. Uningcha, mehnat psixologik emas, balki “ijtimoiy 
kategoriya”, psixologiya esa “mehnat faoliyatining psixologik jabhalarini” tadqiq 


112 
etadi. Psixiklilikning namoyon bo‟lishi yoki hukm surishining obyektiv shakli 
xulqda, faoliyatda ifodalanadi (aks ettirish harakati ma‟nosida). 
A.N.Leontev faoliyatning psixologik nazariyasini yaratib, uning asosiy 
tushunchasi sifatida “predmetli faoliyat” so‟z birikmasini fanga olib kirdi. Muallif 
tomonidan “odamning hissiy-amaliy faoliyati” so‟z birikmasi “ijtimoiy inson” 
sifatida talqin etiladi. Uning asarlarida “faoliyat”, “xulq” tushunchalari har xil 
mazmunda ishlatiladi, jumladan, “teskari aloqalar vositasida xulqni boshqarish”, 
“faoliyatning halqali tuzilishi”, “faoliyatni boshqarish”, “qo‟lning tuyush 
faoliyati”, “perseptiv faoliyat”, “retseptor va effektor apparatlarning hamkorlik 
faoliyati” kabilar. 
B.G.Ananev faoliyat psixologiyasini faollik psixologiyasi ma‟nosida 
tushunadi. Uning fikricha, bilish va muomala faoliyatning birlamchi ko‟rinishidir. 
Tadqiqotchi “inson faoliyati”, ”tashkiliy ish”, “tashkilotchilik faoliyati”, “xulq 
jarayonining algoritmlari” atamalaridan har xil ma‟noda foydalanadi. Yuqoridagi 
mulohazalardan ko‟rinib turibdiki, miyani ilgarilab aks ettirish imkoniyati va hali 
amalga oshirilmagan harakatning natijasi inson psixikasida qay tarzda in‟ikos 
etilishi kuchli qiziqish uyg‟otadi. Bu hodisani izohlashning yagona yo‟li - u ham 
bo‟lsa borliqning muhim xususiyati hisoblanmish qonuniyatning mavjudligidir. 
Borliqdagi qariyb (neosfera hisobga olinmaganda) barcha narsalar, munosabatlar, 
xususiyatlar, shart-sharoitlar, tuzilmalar bir-biri bilan doimiy bog‟liqlikka ega 
bo‟lib, muayyan qonuniyat asosida harakatlanadi, bir holatdan ikkinchisiga o‟tadi. 
Shuning uchun idishdagi suv qaynatilsa bug‟ga aylanadi, harorat pasaysa, u 
muzlaydi, havo isiganida esa muz eriy boshlaydi, bahor ketidan yoz keladi, 
narsalar ishqalansa qiziydi va hokazo. Xuddi shu bois obyekt bilan hodisa 
o‟rtasidagi o‟zgarmas, barqaror munosabatlar, obyektning muhim xususiyatlari 
hodisaning qonuniyati deyiladi. Ularda o‟zgarmas xususiyatlar va qonuniyatlarning 
mavjudligi o‟zgarishlarni oldindan payqash, harakatlarni muvofiq yo‟naltirish 
imkonini vujudga keltiradi. Tashqi, yaqqol faoliyat favquloddagi davrda ichki 
timsoliy (psixik) faoliyat tarzida his yetiladi. Obyektlarga yo‟naltirilgan yaqqol 
harakatlar ularning muhim xususiyatlariga mo‟ljallangan timsoliy jarayon bilan 


113 
almashtiriladi. Xuddi shu sababdan tashqi, yaqqol harakatdan, ichki, timsoliy 
harakatga mana shu tarzda o‟tish jarayoni interiorizatsiya (ichki tarzga aylanish) 
deb ataladi. Interiorizatsiya muammosi rus olimlari L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, 
P.Ya.Galperin va ularning shogirdlari tomonidan turli jabhalarda tadqiqot qilingan. 
Interiorizatsiya sharofati bilan inson psixikasi muayyan vaqt oralig‟ida uning idrok 
maydonida yo‟q narsalarning timsoli (obrazi)dan foydalanish qurbiga ega bo‟ldi. 
Shu narsa ma‟lumki, bunday o‟zgarishlarning muhim quroli bo‟lib so‟z, o‟zgarish 
vositasi sifatida nutqiy faoliyat xizmat qiladi. Shuning uchun so‟zlarni to‟g‟ri 
ishlatishga 
odatlanish 
favqulodda 
buyumlarning 
muhim 
xususiyatlarini 
axborotidan foydalanishning usullarini o‟zlashtirish demakdir. 
Inson faoliyati murakkab va o‟ziga xos jarayon bo‟lib, shunchaki ehtiyojlarni 
qondirishdan iborat emas, balki ko‟pincha jamiyatning maqsadi va talablari bilan 
belgilanadi. Xuddi shu boisdan qo‟yilgan maqsadning anglanilganligi va unga 
erishish bo‟yicha ish harakatlari tajribasi bilan bog‟liq ekanligi inson faoliyatining 
o‟ziga xos belgisi bo‟lishini tasdiqlaydi. Shuning uchun shaxs faoliyatining 
jismoniy (tashqi) va psixik (ichki) tuzilmalari bir-biri bilan uyg‟unlashganligi 
ko‟zga tashlanadi. Inson faoliyatining tashqi jabhasi uning atrof-muhitga ta‟sir 
ko‟rsatishga mo‟ljallangan sa‟y-harakatlar ichki (psixik) jihatiga bog‟liq bo‟lib, 
ularni motivlashtiradi, bilishga undaydi va boshqaradi. Shuningdek, tashqi jabha 
o‟z navbatida: a) psixik faoliyat buyumlar va jarayonlar xususiyatlarini o‟zida 
namoyon qiladi; b) ularning maqsadga muvofiq tarzda qayta o‟zgartirilishini 
amalga oshiradi; v) psixik andozalar o‟xshashligini, natijalar va harakatlarning 
kutilmalariga muvofiqligini ko‟rsatadi; g) ularni uzluksiz ravishda yo‟naltirib va 
nazorat qilib turadi. Shunga muvofiq ravishda tashqi, yaqqol faoliyatni ham ichki 
(psixik) faoliyatning eksteriorizatsiyalashuvi (tashqi tarzga aylanishi) deb baholash 
maqsadga muvofiq. Psixologiya fanida harakat tushunchasi tahlil qilinganida u 
motor (jismoniy) harakat, sensor (hissiy) harakat va markaziy qismga ajratiladi. 
Shunga muvofiq ravishda ajratilgan tarkiblar harakatni amalga oshirish jarayonida 
bajaradigan ishlarni ijro etish, nazorat qilish va boshqarish bilan shug‟ullanadi. 
Faoliyat harakatlarining ijro etish, nazorat qilish va boshqarishda qo‟llaniladigan 


114 
yo‟l-yo‟riqlar uning usullari deyiladi. Odatda, harakatlar anglanilgan yoki 
anglanilmagan tarzda amalga oshirilishi kuzatiladi. Harakatni bajarishda ong 
borgan sari kamroq ishtirok etishi tufayli ishni amalga oshirish avtomatlasha 
boshlaydi, ayrim mayda-chuyda qismlarga nisbatan e‟tibor (nazorat) kamayadi. 
Shuning uchun inson faoliyatida maqsadga yo‟naltirilgan sa‟y-harakatlarni 
ijro etish va boshqarishning muayyan darajada avtomatlashuvi malaka deyiladi. 
Xuddi shu boisdan harakatlarni boshqarish bilan sa‟y-harakatlarni boshqarish 
aynan bir narsa emas, albatta. Chunki sa‟y-harakatlarning yuksak darajada 
avtomatlashuvi uning o‟z tarkibidagi harakatni ongli ravishda idora qilish bilan 
uyg‟unlashib ketadi. Patologik holatlardan tashqari, barcha faoliyat turlari ong 
bilan boshqarilib turadi. Harakat tarkiblarining avtomatlashuvi: birinchidan, ongli 
ravishda yo‟naltirilgan obyektni almashtiradi. Ikkinchidan, harakatning umumiy 
maqsadlarini, uning ijro etilishi shart-sharoitlarini, natijalarini nazorat qilishni, 
uchinchidan, ularni baholashni ong uning tasarrufi doirasiga kiritadi. 
Malakaning tuzilishi. Harakatning qisman avtomatlashuvi tufayli uning 
tuzilishida ayrim sifat o‟zgarishlari yuz beradi va ular quyidagilardan tashkil 
topgandir: 
Birinchidan, sa‟y-harakatlarning ijro etilishi usullari o‟zgaradi. Bunda bir 
qator sodda sa‟y-harakatlar yagona jarayonga (tarkibga) kiruvchi ba‟zi sodda sa‟y-
harakatlar o‟rtasida to‟siq va uzilish ro‟y bermagan murakkab sa‟y-harakat o‟zaro 
bir-biriga qo‟shilib ketadi, ortiqchalari esa bartaraf etiladi. Masalan, bola 
velosipedni uchishga o‟rganayotgan paytida bir qancha ortiqcha harakatlarni 
amalga oshiradi: o‟zini bir tekis tuta olmaydi, pedalni birini bosib, ikkinchisini 
bosmaydi, rulni qattiq tutadi, yo‟lga diqqatini taqsimlay olmaydi, o‟rindiqqa 
noqulay o‟tiradi, birovning yordamiga tayanadi. Malakali velosiped haydovchisi 
harakatni silliq bajaradi, ortiqcha urinishlarga yo‟l qo‟ymaydi. Harakatlarni 
o‟zlashtirish jarayonida: a) sa‟y-harakatlar tarkibi; b) sa‟y-harakatlar izchilligi; v) 
sa‟y-harakatlar uyg‟unligi; g) ularning tezligi rejali kechishiga sharoit yuzaga 
keladi. 


115 
Ikkinchidan, harakatni sensor (hissiy) nazorat qilish usullari o‟zgaradi. 
Dastavval, sa‟y-harakatlar amalga oshishini ko‟rish organi orqali nazorat qilish 
kinestetik (mushaklar yordamida harakat) nazorat bilan almashadi. Chunonchi, 
charxchi asbobning tezligiga emas, balki ko‟proq pichoq tig‟iga e‟tibor qaratadi. 
Sa‟y-harakatlarning xususiyatini aniqlovchi har xil o‟lchamlarining nisbatini 
baholash imkonini vujudga keltiradigan sensor sintezlar (yunoncha - uyushma 
demakdir) hosil bo‟ladi. Harakat mahsullarini nazorat qilishga alohida ahamiyat 
kasb etadigan mo‟ljallarni farqlash va ajratish uquvchanligi insonda rivojlanadi. 
Uchinchidan, harakatni markazdan turib boshqarish usullari o‟zgarib boradi. 
Harakat usullarini idrok etishdan diqqat holi bo‟lib, u uning vaziyati va 
mahsulasiga qaratilgandir. Topshiriq yechimlari, aqliy faoliyat jarayonlari 
tezkorlikda, hamkorlikda bajarila boshlaydi. Jumladan, uchuvchi samolyot 
dvigatelining ortiqcha kuch bilan ishlayotganini tovushidan fahmlaydi. Narsalarni 
aniqlashga sarflanadigan vaqt kamaya boradi. Qo‟llanishga mo‟ljallangan 
usullarning turkum tarzda ong yordamida oldindan payqash (sezish, fahmlash, 
bilish) jarayoni antitsipatsiya (lotincha, oldindan fahmlash, sezish ma‟nosini 
anglatadi) deyiladi. 
Shuning uchun, harakat usullaridagi mazkur o‟zgarishning siri nimada va ular 
qanday psixologik mexanizmiga ega, degan savolning tug‟ilishi tabiiydir. 
Psixologik mexanizm (ta‟minlash) o‟z ichiga izlanish urinishlarini va tanlashni 
oladi. Shaxs u yoki bu harakatni bajarishga urinib ko‟radi, hatto ushbu jarayonni 
nazorat qilib ham turadi. Bu o‟z navbatida muvaffaqiyatli urinishlar (sa‟y-
harakatlar), o‟zini oqlagan chamalashlar, mo‟ljallar inson tomonidan tanlanadi va 
asta-sekin mustahkamlanadi. Qo‟llanganda foyda (naf) bermagan harakatlar 
samara beruvchilari bilan almashtiriladi. Bu holat muayyan davr davomida 
takrorlanadi yoki mashq qilinadi. Ana shundan kelib chiqqan holda muayyan 
harakatlarini o‟zlashtirish maqsadida ularni ongli ravishda nazorat qilishga va 
o‟zgartirishga harakat qilinadi. Amaliy ish harakatlarini takrorlamasdan turib, turli 
xususiyatli malakalarni shakllantirib bo‟lmaydi. Malakani shakllantirishda 
bajarilayotgan harakatlarning nutq faoliyatida so‟z bilan ifodalanishi va 


116 
harakatning timsolini xayolda mujassamlashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ana shu yo‟sinda insonning malakasi anglashinilgan tarzda avtomatlashgan xatti-
harakat sifatida shakllanadi. Malakalarni shakllantirish mexanizmiga, prinsipiga 
muayyan odatiy jabhalarga, usul va vositalar tanlash xususiyatiga alohida e‟tibor 
qilish uning muvaffaqiyatli hosil bo‟lishini ta‟minlaydi. Buning uchun 
quyidagilarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq: a) usullarni tanlash, b) 
harakatda ong nazorat funksiyasini kamaytirish, v) maqsadni oydinlashtirish, g) 
shart-sharoitni tasavvur etish, d) malakani shakllantirish modelini xayolda yaratish 
va hokazo. 
Psixologiya fanida malakani shakllantirishning asosiy bosqichlari sxemasi 
ishlab chiqilgan, bunda asosiy e‟tibor malakaning xususiyatiga, malakaning 
maqsadiga, harakatni bajarish usullariga qaratiladi. Shuningdek, malakalarning 
o‟zaro ta‟siri muammosiga alohida ahamiyat beriladi, chunki inson malakalar 
tizimiga amal qilgan holda yangi malakani o‟zlashtiradi. Oldin egallangan malaka, 
keyingisini tarkib topishiga yordamlashadi, goho unga halaqit berishi ham 
mumkin. Harakatning avtomatlashuvi uning maqsadi, obyekti, vaziyati va shart-
sharoitlari bilan belgilanadi. Harakatning muvaffaqiyati, samaradorligi ko‟p 
jihatdan sensor nazoratga hamda uning yangi sharoitiga ko‟chishiga bog‟liq. 
Malakalarning noto‟g‟ri (teskari) ko‟chirilishi interferentsiya hodisasini 
vujudga keltiradi. Faoliyat ko‟nikma, malaka, usul, harakat, sa‟y-harakat, 
operatsiya kabi tarkibiy qismlar tufayli muayyan mahsullarga erishadi, moddiy va 
ma‟naviy natijalarni hamda bilimlarni vujudga keltiradi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin