Iste‟dodli bolalar - o‟zini umumiy yoki maxsus iste‟dodini namoyon qilgan
bolalar. Iste‟dodli bolaning aqliy rivojlanishini tashxis qilinib aniqlanadi.
Ixtiyoriy esda olib qolish - maxsus mnemik harakatlar, ya‟ni asosiy maqsad
esda olib qolishdan iborat bo‟lgan harakatlar mahsuli.
Ixtiyorsiz xotira - biror narsani esda olib qolish yoki eslash uchun maxsus
maqsad bo‟lmagan holda esda olib qolish va qayta esga tushirish
Iroda – kishining o‟z oldiga qo‟yilgan maqsadlarga erishishi uchun
qiyinchiliklarni yengib o‟tishiga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli
ravishda tashkil qilishi va o‟zini-o‟zi boshqarishidir.
Istak - intilishning maqsadi aniq bo‟lmagan holat. Bu maqsadga erishuvning
yo‟li va vositalarini to‟la anglab yetmaslikdan iborat irodaviy holat.
Ishonchlilik - obyektiv voqelikdagi narsa va hodisalarni fikran to‟g‟ri, shak-
shubhasiz aks ettirishdan iborat mantiqiy kategoriya.
Ishontirish - shaxsga muayyan ta‟sir o‟tkazish; buning natijasida kishi irodasi
va ongidan qat‟iy nazar, unda muayyan holat, hissiyot, munosabat vujudga
keltiriladi.
Individuallik - muayyan shaxsning boshqa shaxslardan ajratib turuvchi,
shaxsning o‟ziga xos xislatlari.
Kayfiyat - inson his-tuyg‟usining yaxlit shakli, kechinmalarining umumiy
holati. Kayfiyat doirasi har xil; u insonning umumiy kechinmalaridan to zerikish,
qo‟rquv, xafalik yoki quvnoqlik, umid va qiziqish kabilargacha bo‟lgan barcha
shakllarni o‟z ichiga oladi.
Kinestezik sezgi - (yunon. kineo - harakatga keltirmoq) proprioretseptorlar
qo‟zg‟alishi natijasida o‟z tana a‟zolari harakati va holatini sezish.
Ko‟ruv sezgisi – ko‟ruv analizatori bevosita ta‟sir etib turgan ranglar va
yorug‟likni aks ettirishdan iborat sezgi turi.