Kuzatish - shaxsni qiziqtirgan narsalar va tevarak atrofidagi hodisalarni bilish
uchun maqsadli va rejali tarzda idrok etish .
Kuzatish metodi - faoliyat mahsulini tahlil etish, erkin tavsifnomalarni
umumlashtirish usuli.
Layoqat – individning ma‟lum faoliyatning bajarishga undovchi saylanma
yo‟nalganligi. Nerv tizimining ba‟zi irsiy determinlashgan anatom-fiziologik
xususiyati.
Longityud – tadqiqot - (ing. longitude - uzoq muddat) insonning yosh va
individual o‟zgarishlar ko‟lamini o‟rganish maqsadida yashash davri fazalari
o‟zgarmas bo‟lgan guruhni uzoq va uzluksiz tekshirish usuli.
Lyusher testi - ruhiy holatni aniqlovchi rangli test.
Metod - (yunon. methodos - tadqiqot, tekshirish) bilishning nazariy va amaliy
o‟zlashtirish usullari yig‟indisi.
Mexanik xotira - (yunon. mechane - qurol, mashina) muayyan material
ma‟nosini, mazmunini, ichki mohiyatini, ichki mantiqiy bog‟lanishlariga
tushunmagan holda takrorlashga asoslangan xotira turi.
Mehnatsevarlik – insonning mehnat faoliyati jarayoniga ijobiy shaxsiy
munosabatidan iborat bo‟lgan xarakter xususiyati.
Melanxoliya (yunon. melas - qora, chole - o‟t, safro) - temperament
turlaridan psixik faollikning sust, tez ta‟sirlanuvchilik, hatto arzimagan narsalar
uchun ham juda chuqur ta‟sirotga berilishi bilan xarakterlanadi.
Melonxolik - Gippokrat ta‟limotiga ko‟ra, temperamentning bir turi. Yuksak
darajadagi ta‟sirchanlik va hissiyotning zoxiran nisbatan sust ifodalanganligi.
Orzu - shaxsning o‟zi uchun yoqimli bo‟lgan istiqbol obrazlarini ongida
yaratishdan iborat xayol turi.
Oltinchi sezgi - odamdagi asosiy besh sezgidan tashqari har xil holatlarda
namoyon bo‟ladigan sezgi.
Obrazli xotira - tasavvur, tabiat va hayot manzaralarini, shuningdek, tovush,
hid, ta‟mlarni esda olib qolishdan iborat bo‟lgan xotira.
200
Operativ xotira - (lot. operatio - harakat) xotira turi. Kishi tomonidan
bevosita amalga oshirilayotgan zaruriy xatti-harakatlar, shularga xizmat qiluvchi
mnemik jarayonlar.