Proprioretseptiv sezgilar - (lot. proprius - xususiy, maxsus, recipere - qabul
qilmoq) tana turli qismlari, holatlari va ularning harakatlari haqida darak beruvchi
sezgilar.
Proyektiv metod - (lot. progektus - oldinga tashlangan, yunon. Methodos -
tadqiqot) shaxsni tadqiq qilish metodlaridan biri. Bu metodda mas. tajriba
vaziyatlarida tasvirlar idrok qilinib, uning talqini beriladi.
Psixodiagnostika - (yunon. diagnostikos - bilishga qodir) shaxsning
induvidual psixologik xususiyatlarini aniqlovchi va ularni o‟lchashni ishlab
chiquvchi psixologiya usuli.
Psixologik test - qisqa muddatli, yozma savolli topshiriq bo‟lib u orqali
kishilar qobiliyati, ko‟nikma, bilim va malakalari, kasbga layoqati va shu kabilar
aniqlanadi.
Psixologiya metodlari - psixik hodisalar va ularning qonuniyatlarini
o‟rganadi. Masalan: kuzatish, tajriba, laboratoriya tajriba, tabiiy kuzatuv, o‟z-o‟zini
kuzatish, biografiya.
Psixologik tadqiqot usuli – u to‟rt bosqichga bo‟linadi. 1.Tayyorgarlik
bosqichi 2.Tajriba-sinov bosqichi 3.Tadqiqotga ishlov berish 4.Olingan natijalarni
izohlash bosqichi.
Psixologik metodikalar - jamoa yoki alohida kishini psixologik o‟rganish
maqsadida tuzilgan savollar to‟plami.
Psixologik tahlil - inson psixik faoliyatining psixologik shart-sharoitlari va
tarkibini ochib berishdan iborat ilmiy-tekshirish metodlaridan biri.
Psixik jarayonlar - bu faoliyatning hozir ta‟sir etadigan (sezgi, idrok) yoki
qachonlardir yuz bergan qo‟zg‟atuvchiga javob tariqasida ro‟y beradigan shu
ta‟sirni umumlashtiradigan, ular pirovardida olib keladigan natijalarni (tafakkur
xayol) oldindan ko‟ra bilishga yordam beradigan, bir xil ta‟sirotlar natijasida
faoliyat (his – tuyg‟u)ni kuchaytiradigan yoki susaytiradigan, umuman faollashtirib
201
yoki sekinlashtiradigan, odamlar xulq-atvoridagi tafovutlarni aniqlaydigan
boshqaruvchilaridir.