Psixik reaksiya - tashqi yoki ichki ta‟sirotga javob sifatida paydo bo‟ladigan
har qanday psixik jarayon.
Psixologik test - psixologik standart mashqlar. Bu mashqlarning bajarish
natijalariga ko‟ra tekshirilayotgan kishining psixofiziologik va shaxsiy
xususiyatlari, shuningdek bilim, malaka va ko‟nikmalari to‟g‟risida xulosa
chiqariladi.
Rang sezish - ko‟zning idrok qilinayotgan narsa va hodisalarning rangini
ajrata olish qobiliyati.
Refleks - (lot. reflexus - aks etish) organizmning retseptorlar qo‟zg‟alishiga
javob reaksiyasi. Vujudga kelgan qo‟zg‟alish markaziy nerv sistemasiga
uzatilgach, u ham qo‟zg‟alish bilan javob qaytaradi. Qo‟zg‟alish efferent nervlar
orqali turli a‟zolarga uzatiladi.
Refleksiya (in‟ioks, tajalliy) - (lot. reflexus - aks ettirish) subyektning u bilan
muloqotga kirishgan sherigi tomonidan qay tarzda idrok etilishini anglab yetishi.
Retseptor (lot. recipere - qabul qilmoq) tashqaridan yoki organizm ichki
muhitidan ta‟ssurotni qabul qilib va uni nerv impulslariga aylantirib, markaziy nerv
sistemasiga o‟tkazib beradigan sezuvchi nerv tolalari uchlari yoki maxsus
hujayralar (ko‟z to‟r pardasi, ichki quloq va b.)
Raddiya - tafakkurning turli operatsiyalari hamda formalaridan foydalangan
holda biror fikrning yolg‟on ekanligini isbotlashdan iborat bo‟lgan mantiqiy
operatsiya.
Subyekt - (lot. subgestum - odam, kishi) obyektiv dunyoni biluvchi, uni
o‟zining ehtiyoj va qiziqishlariga moslab o‟zgartiradigan ongli mavjudot.
Sotsializatsiya (lot.societas-jamiyat) - o‟zaro munosabatlar tizimi bilan
psixologik qovushuvchanlikning aniqlash maqsadida guruh va jamoalardagi
shaxslararo munosabatlarni o‟rganishdan iborat psixologik tadqiqot metodi.