204
Talant
- (yunon. talanton - qimmatbaho, qimmat narsa) qobiliyatlar, ayniqsa
maxsus qobiliyatlar rivojlanishining yuqori darajasi. Talantli kishi ishga ijodiy
yondashadi. Muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijobiy
ravishda bajarilishini
ta‟minlaydigan qobiliyat hamda iste‟dodlar yig‟indisidan iborat, talantli kishilar,
odatda, yuksak ijodiy,
keng mazmunli, tanqidiy va mahsuldor aql egalari
bo‟ladilar.
Tafakkur -
inson aqliy faoliyatining yuksak shakli. Sezgi, idrok va
tasavvurlar orqali bevosita bilib bo‟lmaydigan narsalarni
ongli ravishda aks etish
mumkin. Fikr yuritish, o‟ylash, jiddiy ravishda yangilikni qidirish va ochishga
ijtimoiy jihatdan bog‟liq, aloqador psixik jarayon.
Shuningdek, uning tahlili va
sintezida voqelikni bevosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir. Tafakkur
amaliy faoliyat asosida hissiy bilishlardan paydo bo‟ladi
va hissiy bilish
chegarasidan ancha tashqariga chiqib ketadi. Intuitiv, ko‟rgazmali - obrazli,
amaliy, so‟zli-mantiqiy, ijodiy, nazariy tafakkur turlari mavjud.
Tafakkur
- inson aqliy faoliyatining yuksak bosqichi. Sezgi, idrok, va
tasavvurlar orqali bevosita bilib bo‟lmaydigan narsa va hodisalar tafakkurda ongli
ravishda aks etadi.
Tush (odam uxlaganida)
- bosh miya yarim sharlari po‟stlog‟ida
hosil
bo‟ladigan xayolning ixtiyorsiz faoliyati, ong bilan tashqi muhit o‟rtasidagi aloqa
ma‟lum darajada uziladi.
Unutish
- oldin xotirada bo‟lganni qayta tiklanmaslik,ya‟ni esga qoldirgan
narsa va hodisalarning zarur paytda aytib bera olmaslik jarayoni.
Dostları ilə paylaş: