205
Flegmatik -
(yunon. flegma – balg‟am, shilimshiq modda) yuragi keng,
barqaror intilish va kayfiyatga, doimiy va chuqur his-tuyg‟ularga, xatti-harakatlari
va nutqi bir xil maromda bo‟lgan, ruhiy holati tashqi
tomonda ifoda etiluvchi
temperament turi.
Flegmatik temperament
- sekin, kuchsiz, va beqaror emotsional
qo‟zg‟aluvchanlik bilan xarakterlanadigan xususiyat.
Xotira
- o‟tmish tajribalarini
esga tushirish qobiliyati, tashqi olam voqealari
va organizm reaksiyalari haqidagi axborotni uzoq saqlab ong va xatti-harakatlar
sohasiga ko‟p martalab joriy eta olishdan iborat nerv
tizimining xususiyatlaridan
biri. U esda qolish, esda saqlash va esga tushirish jarayonlariga ajratiladi. U
ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira,
bevosita va bavosita xotira, qisqa muddatli va uzoq
muddatli xotiralarga ajratiladi. Xotiraning fiziologik asoslari bosh miya yarim
sharlari
qobig‟ida
muvaqqat
nerv
bog‟lanishlarining
hosil
bo‟lishi,
mustahkamlanishi va keyinchalik faollashuvidir.
Xarakter -
(yunon. charakter - nishon, xislat belgi) kishidagi barqaror psixik
xususiyatlarning induvidual birligi. Odamning xatti-harakatlari
va atrof-muhitga
munosabatida namoyon bo‟ladigan shaxsiy psixik xususiyatlari yig‟indisi.
Xarakterni tashkil qiluvchi xususiyatlar xarakter xislatlari deyiladi.
Xarakter aksentuatsiyasi -
(yunon. charakter - xususiyat, nishon, belgi,
akcentus - urg‟u) xarakterning alohida xususiyatlariga ortiqcha urg‟u berilishi.
Dostları ilə paylaş: