Raqamli axborotlarni qayta ishlash va yaratish texnalogiyalari


.  Corel Draw dasturida ishlash asoslari



Yüklə 10 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/311
tarix11.11.2023
ölçüsü10 Mb.
#132369
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   311
Raqamli axborotlarni qayta ishlash va yaratish texnalogiyalari

1

Corel Draw dasturida ishlash asoslari. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Kodlashtirishning vektorli usulida geometrik shakllar, egri va to‘g‘ri chiziqlar, 
aylana, kvadrat, ellips, qism tasvirlar kompyuter xotirasida matematik formula 
kabi geometrik abstraksiyalar ko‘rinishida saqlanadi. 
Masalan, aylana shaklini kodlashtirish uchun u alohida piksellar ko‘rinishida 
bo‘lishi shart emas. Uning radiusi, markaziy nuqta koordinatalari va rangining 
xotirada saqlanishi yetarli bo‘ladi. To‘rtburchak uchun esa uning tomonlari 
uzunligi, joylashuv o‘rni va rangini xotirada saqlash lozim.
Vektor formatdagi barcha ko‘rinishlar bir necha qismlardan iborat bo‘lib, ularni 
bir-biriga bog‘liqsiz holda o‘zgartirish mumkin. Ushbu qismlar obyekt deb 
nomlanib, bir necha obyektlar yordamida yangi obyekt yaratiladi.


262 
29-Mavzu: Corel Draw dasturida ishlash asoslari. 
 
Reja: 
1. Corel Draw dasturi haqida tushuncha. 
2. Corel Draw dasturiy imkoniyatlari. 
Kodlashtirishning vektorli usulida geometrik shakllar, egri va to‘g‘ri 
chiziqlar, aylana, kvadrat, ellips, qism tasvirlar kompyuter xotirasida matematik 
formula kabi geometrik abstraksiyalar ko‘rinishida saqlanadi. Masalan, aylana 
shaklini kodlashtirish uchun u alohida piksellar ko‘rinishida bo‘lishi shart emas. 
Uning radiusi, markaziy nuqta koordinatalari va rangining xotirada saqlanishi 
yetarli bo‘ladi. To‘rtburchak uchun esa uning tomonlari uzunligi, joylashuv 
o‘rni va rangini xotirada saqlash lozim. Matematik formulalar yordamida turli 
xildagi shakllarni izohlash mumkin. Murakkab shakllarni chizishda bir nechta 
oddiy shakllardan foydalaniladi. Masalan, burchaklari yoysimon bo‘lgan 
to‘rtburchak shaklni qora rangga bo‘yaymiz, unga uchta oq to‘rtburchak va birta 
qora rangdagi to‘rtburchak shaklni qo‘shib uch duymli disketa rasmini hosil 
qilish mumkin 
Vektor formatdagi barcha ko‘rinishlar bir necha qismlardan iborat bo‘lib, 
ularni bir-biriga bog‘liqsiz holda o‘zgartirish mumkin. Ushbu qismlar obyekt 
deb nomlanib, bir necha obyektlar yordamida yangi obyekt yaratiladi. Buning 
natijasida obyektlar yana-da murakkab ko‘rinishga ega bo‘lish holati kuzatiladi. 
Har bir obyekt kattaligi, egriligi va joylashuv o‘rnining qiymatlari orqali 
beriladi. Shu sababli, tasvir ko‘rinishlarini oddiy matematik amallar yordamida 
o‘zgartirish imkoniyati yaratiladi. Vektorli grafikani qo‘llaganda, obyekt 
hajmining juda ham kichik yoki, aksincha, juda ham katta kenglikda bo‘lishi 
inobatga olinmaydi. Ikki holda ham rasm bilan ishlash bir xil kechadi. Xohlagan 
paytda tasvir sifatini o‘zgartirmay turib, uni kattalashtirish yoki kichraytirish 
imkoniyati mavjud. Vektorli usulda kodlashtirishning muhim ahamiyati grafik 
faylning hajmi rastrli grafiklar fayllari hajmiga nisbatan sezilarli darajada 
kichikligidir. Biroq, vektorli grafikaning kamchilik tomonlari ham mavjud. 
Birinchidan, hosil qilinayotgan tasvirning shartliligi, ya’ni tasvirlar formulalar 
yordamida qurilgan egri chiziqlardan iborat bo‘lganligi sababli haqiqiy tasvimi 
hosil qilish juda mushkuldir. Shuning uchun vektorli grafikani tasvirlarni 
kodlashtirishda qo‘llab bo‘lmaydi. Agar tasvimi izohlash lozim bo‘lsa, olingan 


263 
fayl hajmi rastrli grafika fayli hajmiga nisbatan ancha katta bo‘ladi. Vektorli 
grafika fayllarini qurishga bag‘ishlangan dasturiy vosita sifatida juda keng 
tarqalgan CorelDRAW dasturini keltiramiz. CorelDRAW 10 dasturining ishchi 
oynasi boshqa grafik muharrirlar oynasiga o‘xshashdir. CorelDRAW 10 dasturi 
ishga tushiril195 ganda ekranda dasturning boshlang‘ich muloqot oynasi hosil 
bo‘ladi. Bu rejimni oldindan bekor qilish ham mumkin. Buning uchun Show this 
Welcome Screen at startup (Ishga tushganda oynani ko‘rsatish) satridan 
bayroqchani olib tashlash lozim. Dastlab dastur ishini sozlab chiqish amalarini 
ko‘rib o‘tamiz. Agar ishchi oyna to‘liq ekranni egallamagan bo‘lsa, dastur 
sarlavhasida yoyish tugmasini bosing. Natijada ishchi oyna to‘liq ekranda hosil 
bo‘lib CorelDRAW 10 dasturi bilan ishlash yana-da qulaylashadi. 
Yaratilayotgan tasvir aniq ko‘rinishi, boshqariluvchi elementlar ekranda 
joylanishi uchun ekranning joiz kattaligini 1024×768 nuqtalarda, eng yaxshisi 
1280×1024 ni qo‘llash tavsiya etiladi. CorelDRAW 10 vektor grafikasi 
muharririning ishchi oynasidagi asosiy elementlari bilan tanishib chiqamiz (98-
rasm). Windows muhitida ishlovchi boshqa dasturlar kabi oynaning yuqori 
qismida oyna sarlavhasi va menusi joylashgan. CorelDRAW 10 dasturida o‘z 
interfeysini o‘zgartirish imkoniyatlari kengaytirilgan. 
Dasturning ishchi oynasi. Dastur oynasining markazida varaq rasmi 
joylashgan, u ishchi soha deb yuritiladi. Ishchisohada va undan tashqarida tasvir 
chizish 196 imkoniyati mavjud, biroq chop qilinayotganda faqat ishchi sohada 
chizilgan tasvir chiqariladi. Ranglarni boshqarish uchun oynaning o‘ng qismida 
joylashgan ranglar majmuasidan foydalaniladi. Holat satrida esa muharrir bilan 
ishlashni yengillashtiruvchi turli xildagi ma’lumotlar hosil bo‘ladi. Tasvir 
chizishda qo‘llaniladigan asosiy vositalar uskunalar panelida joylashgan. Unda 
joylashgan tugmalar amallarning tez bajarilishini ta’minlaydi. Xususan, Property 
Bar (Xususiyatlar paneli) alohida ajralib turadi. Undagi tugmalar bajarayotgan 
amallaringizga bog‘liq holda paydo bo‘ladi yoki ko‘rinmaydi. Xohlagan paytda 
joriy holatga mos bo‘lgan tugmaning xususiyatlarini uskunalar panelida topish 
va ishchi oynaning xohlagan tomonida joylashtirish mumkin. Shu bilan birga, 


264 
menu satrining ham o‘rnini o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Uskunalar 
panelining bo‘sh qismida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing, natijada 
yordamchi menu (kontekst) paydo bo‘ladi (99-rasm.). Yordamchi oynadagi 
o‘rnatilgan 
bayroqeha 
orqali 
uskunalar 
panelida 
qaysi 
bo‘limlar 
joylashtirilganligini ko‘rsatadi. 
Foydalanuvchi panelida joylashgan turli xildagi uskunalardan foydalanishi 
mumkin. Panelidagi uskunalarni birma-bir sichqoncha orqali tanlab, uning 
Property Bar (Xususiyat paneli)ga e’tibor bering, ularning ko‘rinishi har bir 
uskunaga mos ravishda o‘zgaradi. Shu bilan birga, holat satridagi ma’lumotlar 
ko‘rinishi ham o‘zgaradi. Muharrir sozlangandan so‘ng tasvir bilan ishlashingiz 
va turli xildagi vektorli obyektlar yaratishingiz mumkin 

Yüklə 10 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   311




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin