Mustaqil talim


Sug‘urta sohasida olib borilayotgan islohotlar



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/48
tarix11.11.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#132378
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Moliya Mahkamov

2. Sug‘urta sohasida olib borilayotgan islohotlar
Umuman, sug‘urtaning insoniyat hayotidagi va iqtisodiyotning uzluksiz rivojlanishini 
ta’minlashdagi ahamiyati beqiyos. Buni e’tiborga olib, mamlakatimizda bozor infratuzilmasining 
ushbu bo‘g‘inini rivojlantirishga katta e’tibor berilyapti.
Birgina 2002-yilda sug‘urta sohasini rivojlantirish yuzasidan davlat miqyosida bir qator chora-
tadbirlarning belgilanganligi fikrimizning tasdig‘idir. Xususan, 2002-yilning 31 yanvarida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonining e’lon qilinishi sug‘urta tizimini taraqqiy 
ettirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Mazkur Farmonga muvofiq, mulk shaklidan qat’iy nazar 
barcha sug‘urta tashkilotlari 2002-yilning 1 fevralidan boshlab uch yil muddatga daromad 
(foyda) solig‘i to‘lashdan ozod etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2002-yil 27 noyabrda qabul qilgan qarori sohani 
rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston hukumati tomonidan sug‘urta sohasini 
rivojlantirishga katta e’tibor berilib, sug‘urta bozorini bosqichma-bosqich isloh qilish tamoyili 
amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonning mustaqil rivojlanishi davrida sug‘urtalashning huquqiy bazasiga va sug‘urta 
sohasida bozor tuzilmasini rivojlantirishga poydevor qo‘yildi, misol uchun sug‘urtalashda 
tomonlarning o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi va respublikada sug‘urta faoliyatini davlat 
tomonidan nazorat qilishning tamoyillarini belgilovchi xalqaro andozalarga mos keluvchi hamda 
talablarga javob beruvchi O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi 
qonuni 2002-yil 5 aprelda qabul qilindi. Aytish kerakki, yangi qonun yurtimizda ijtimoiy, 
siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy sohalarda o‘tkazilayotgan islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish, mamlakatimizda olib borilayotgan erkinlashtirishni ta’minlashga xizmat 
qilmoqda. Bu qonunning qabul qilinishi sug‘urta munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlarning 
huquq va manfaatlarini himoyalashga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi.
Sug‘urta sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjati normalari xalqaro standartlarga 
muvofiqlashtirildi. Jumladan, rivojlangan chet mamlakatlardagidek bizda ham sug‘urta 
xizmatlari bozori ikkiga ajratildi: hayotni sug‘urta qilish bilan bog‘liq xizmatlar bozori va 
umumiy sug‘urta xizmatlari bozori. Hayotni sug‘urta qilishga ixtisoslashgan tashkilotlar umumiy 
sug‘urta turlarini o‘tkazish, umumiy sug‘urta turlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar esa hayotni 
sug‘urtalash huquqiga ega bo‘lmaydi. To‘g‘ri, bizda hayotni sug‘urta qilish, ayniqsa, uzoq 
muddatli sug‘urta turlarini rivojlantirishda ba’zi muammolar mavjud. Bu sug‘urta turini amalga 
oshirish uchun fuqarolarda sug‘urta tashkilotlariga ishonch bo‘lishi bilan bir qatorda yetarli 
miqdorda mablag‘ ham bo‘lishi zarur. Faqat hayot sug‘urtasi bilan bog‘liq xizmatlarni 
ko‘rsatishda emas, balki korxona va tashkilotlarning mol-mulki hamda boshqa ixtiyoriy sug‘urta 
turlarini o‘tkazishda ham talay
"Sug‘urta asoslari"
muammolar mavjud. Bu muammolarni hal etish sug‘urta tashkilotlari va ularning salohiyatli 
mijozlari bo‘lmish ko‘pming sonli aholi, yuridik shaxslarning o‘zaro hamkorligiga bog‘liq. 
Jamiyatda aholi va korxona hamda tashkilot rahbarlarining sug‘urtaga bo‘lgan munosabatini 
tubdan o‘zgartirish lozim. Bu, o‘z navbatida, sug‘urta tashkilotlari tomonidan faol tushuntirish


targ‘ibot ishlarini olib borishni taqozo etadi.
Bugun yurtimizda xizmat ko‘rsatish tarmog‘i jadal suratlar bilan rivojlanayotgan bo‘lib, bunga 
sug‘urta kompaniyalarining faoliyat doirasi ham tobora kengayib borayotgani yorqin misol bo‘la 
oladi. Hozirda mazkur bozorda yangi sug‘urta ishtirokchilarining yuzaga kelayotgani mavjud 
sug‘urta turlarini yanada ko‘paytirish hamda shu orqali keng toifadagi yuridik va jismoniy 
shaxslarni sifatli sug‘urta xizmatlari bilan ta’minlash imkonini bermoqda.
Mamlakatimiz Prezidentining 2007-yil 10 apreldagi PQ-618-sonli «Sug‘urta bozorini isloh
qilish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori muhim omil bo‘ldi. Umuman 
aytganda, bugungi kunda mamlakatimizda sug‘urta xizmatlari bozorini xalqaro talablar 
darajasiga olib chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarning sug‘urta bozorida faol ishtirok etishini 
rag‘batlantirish maqsadida sug‘urta kompaniyalari uchun har tomonlama shart-sharoitlar 
yaratilmoqda. Bu esa, bozordagi sog‘lom raqobat muhitini ham shakllanishiga olib kelmoqda.
Sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish sug‘urta bozorida turli mulkchilik
shaklidagi tashkilotlarning paydo bo‘lishiga xizmat qilmoqda. Bu borada qabul qilingan huquqiy 
hujjatlar sug‘urta tizimining jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirish, jahon andozalariga mos, sifatli 
xizmat ko‘rsatish hamda sug‘urta bozori infratuzilmasini takomillashtirish imkonini berayotir.
Ayni vaqtda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan o‘ttizdan ortiq ixtisoslashgan sug‘urta 
kompaniyalari tomonidan mijozlarga ikki yuzdan ortiq turda xizmat ko‘rsatilmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari va 2009-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor 
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi maoruzasida bozor iqtisodiyoti 
institutlari, xususan, sug‘urtaning zamonaviy shakllarini keng rivojlantirish zarurligiga alohida 
e’tibor qaratildi.
Mamlakatimiz sug‘urta sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning davomi sifatida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21 maydagi "Sug‘urta xizmatlari bozorini 
yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-872-
sonli Qarorining qabul qilinishini aytishimiz mumkin. Unga asosan, sug‘urta faoliyatini yanada 
takomillashtirish, sug‘urtalovchilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, 
ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug‘urta kompaniyalarining investitsion 
jarayonlardagi ishtirokini rag‘batlantirish, shuningdek, sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining 
huquqlarini samarali himoya qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining taklifiga binoan 2010-yilning 1 yanvaridan boshlab 
sug‘urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlarini oshirish belgilandi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin