Sug‘urta
– ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslar
o‘rtasida qoplash.
Sug‘urta bozori
– sug‘urta xizmatlari oldi-sotdisi bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar tizimi.
Sug‘urta summasi
– sug‘urta obyektini haqiqatda sug‘urtalangan qismining pul
ko‘rinishidagi qiymati.
Sug‘urta shartnomasi
– sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi sug‘urta turi
shartlariga mos ravishda ularning o‘zaro majburiyatlarini tartibga soluvchi kelishuv
(huquqiy bitm).
Sug‘urta limiti
– moddiy qiymatliklar va sug‘urtaviy mas’uliyatlarni sug‘urtalash
mumkin bo‘lgan maksimal
pul summasi.
Sug‘urta himoyasi
– konkret obyekt tomonidan ko‘rilgan zararni bartaraf qilish yoki
qoplash bo‘yicha munosabatlar.
Sug‘urtalovchi –
sug‘urtani amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot.
Sug‘urta qildiruvchi
– sug‘urta badallarini to‘lovchi va konkret sug‘urta munosabatlarida
qatnashuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
Sug‘urtalanuvchi
– hayoti, sog‘ligi yoki mehnatga layoqati sug‘urta obyekti bo‘lgan
shaxs.
"Sug‘urta asoslari"
Sug‘urta obyekti va predmetlari
– sug‘urtalashga tegishli bo‘lgan moddiy qiymatliklar, inson
hayoti, sog‘ligi, mehnatga layoqati, javobgarliklar va mas’uliyatlar.
Sug‘urta mas’uliyati
– sug‘urtalovchining sug‘urta holatlari ro‘y berganda sug‘urta qoplamalari
yoki sug‘urta summalarini to‘lash bo‘yicha majburiyati.
Sug‘urta guvohnomasi (polisi)
– sug‘urta amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Sug‘urta fondi
– sug‘urta badallari hisobidan shakllantiriladigan hamda sug‘urta holati
natijasida sug‘urtalanuvchining ko‘radigan zararini oldini olish, lokalizatsiya qilish va qoplashga
mo‘ljallangan sug‘urta rezervlari yig‘indisi.
Dostları ilə paylaş: