mavzu. Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy darajada risklarni boshqarish. Sug‘urta
risklarni
boshqarishning muhim usuli
Ko‘riladigan masalalar
o
Risk tushunchasi va tavsifi
o
Risklarning turlari va ularning turkumlanishi
o
Risklarni boshqarish va sug‘urta
o
Tayanch iboralar
Risk tushunchasi va tavsifi
Risk
deganda tabiiy-iqlimiy, iqtisodiy va ijtimoiy hodisalar xususiyatidan
kelib chiquvchi yo‘qotishlar xavfi ehtimoli tushuniladi. Keng ko‘lamli
tushuncha sifatida riskni tarixiy, huquqiy, iqtisodiy yoki moliyaviy
kategoriya sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Riskning quyidagi ta’rifi alaqancha kengroq hisoblanadi:
risk –
subyekt
tomonidan ko‘plab (birdan ortiq)
natijalarni qamrab oluvchi, konkret natijaning noaniqligi va hech
bo‘lmaganda natijalardan biri xavfli bo‘lgan alternativalar mavjudligi
holatida qabul qilinadigan qaror tavsifi.
Hodisa
– tabiiy yoki ijtimoiy-texnik jarayonlar, tashqi subyektlarning
maqsadga yo‘naltirilgan xatti- harakatlari yig‘indisi yoki subyektning
o‘zini xatti-harakati.
Subyekt uchun xavf-hatarlar
– amalga oshishi subyektga
zarar (ziyon)
yetkazishi mumkin bo‘lgan hodisalar; subyektni yo‘q qilinishida yoki
subyektning evolyutsiya imkoniyatlarini cheklanishida, yoki subyekt
manfaatlariga
ziyon yetkazilishida namoyon bo‘ladi.
Zarar
– har qanday moddiy yoki ma’naviy talofat, ziyon.
Manfaat
– naf, foyda.
Shunday qilib, risk alohida holat sifatida risk-menejment nuqtai-nazaridan
kelib chiqib ikkita xususiyatga ega
noaniqlilik (ehtimollik) va xavf-hatarning amalga oshishi natijasida yuzaga keluvchi
zararlilik.
Iqtisodiy nazariyada
“risk”ni ma’lum ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatni amalga
oshirish natijasida korxona tomonidan daromadlarning bir qismini yo‘qotish yoki
qo‘shimcha xarajatlar qilish ehtimoli (xavfi) sifatida tushunish qabul qilingan.
Risk omili va uning natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zarurati
sug‘urtaga bo‘lgan extiyojni keltirib chiqaradi. Risk sug‘urta mafaatlari va
munosabatlarini yuzaga kelish asosi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: