O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/175
tarix13.11.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#132428
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov) (1)

Abu 
Said 
da adovat kayfiyatini sezib qolgach, Samarqandga borib, 
ma’ lum vaqt u yerda yashashga majbur bo‘ladi. Samarqandda u 
ilm-fan va she’riyat bilan mashg‘ul bo‘ladi. Bu yerda u mashhur 


140
olim, falsafa, mantiq, huquq, arab tili, adabiyot va she’riyatning 
o‘tkir bilimdoni 
Fazlulloh Abullays Samarqandiy
dan saboqlar 
oladi. 
1469-yil
da 
Sulton Husayn
Hirotni egallagach, 
Navoiy
ni 
o‘z huzuriga taklif etadi. 
Alisher
ni u dastlab 
muhrdorlik 
lavozimiga, keyinroq esa 
vazir 
qilib tayin etadi.
Sulton Husayn
hukmronligi davrida 
Alisher Navoiy
mam-
la 
katda markazlashgan saltanat vujudga kelishi, viloyat 
lar 
obod etilishi, qishloqlarda dehqonchilik, shaharlarda hunar-
mandchilik va savdoning kengayib taraqqiy qilishi yo‘lida 
xizmat ko‘rsatdi. 
Alisher Navoiy
adabiyot, san’at va ilm-
ma’rifatning ravnaqi, aholining tinch va osoyishta istiqomat 
qilishi tarafdori edi.
Lekin 
Sulton Husayn
davlati 
Alisher
kutganicha taraqqiy 
etmaydi. Suyurg‘ol tartibiga asoslangan bu davlatda, bir 
tomondan, viloyat hukmdorlari, hatto toj-u taxt valiahdlari 
Badiuzzamon 
va 
Muzaffar Husayn Mirzo 
isyonlari yuz 
beradi. Ikkinchi tomondan, zulm oqibatida Hirot va uning 
viloyatlarida xalq qo‘zg‘olonlari ko‘tariladi. Uchinchidan, 
o‘z manfaatlarini ko‘zlagan ochko‘z saroy ma’murlari fitna 
va fasodni avj oldirib, uning botqog‘iga Sulton Husaynni 
ham botiradilar. Bunday ahvol, shubhasiz, bosh vazirlik 
vazifasida turgan dono Navoiyning saroydan, hatto poytaxtdan 
uzoqlashishiga olib keladi.
Shunday qilib, 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin