141
39-§. IJTIMOIy-IQTISODIy TARAQQIyOT VA
BUNyODKORLIK
Tayanch tushunchalar: iqtisodiy hayot, hunarmandchilik turlari,
ichki va tashqi savdo, pul muomalasi, yer egaligi, soliq turlari.
Hunarmandchilik.
Movarounnahrning
Samarqand, Buxo-
ro, Toshkent, Shohruxiya, Termiz, Shahrisabz, Qarshi
va boshqa ko‘pgina shaharlari hunarmandchilik markaziga
aylanadi. Shaharlarda hunarmandchilik mahallalarining soni
ortib, kasb-hunar bilan bog‘liq bo‘lgan yangi-yangi guzarlar,
ko‘cha-ko‘ylar, bozor rastalari, timlar va toqlar (usti gumbazli
bozor) paydo bo‘ladi. Ko‘pgina
shaharlarda zargarlik, miskarlik,
ignasozlik, sovut sozlik, toshtaroshlovchilar, shishasozlar, ko‘n-
chilik kabi hunar mandchilik mahallalari bo‘lgan.
O‘rta asr hunarmand chili gida kulolsozlik eng rivoj topgan
sertarmoq sohaga aylanadi. Bu davrda tosh yo‘nish, unga
sayqal berib, o‘ymakor naqshlar
va xushxat yozuvlar bitish
san’ati kamolotga yetadi. Samarqandda Bibi
xonim jome
masjidida Qur’onni qo‘yish uchun o‘rnatilgan ul kan tosh lavh,
Go‘ri Amirdagi nefrit qabrtoshi, Shohizinda (Shay hizinda) va
boshqa joylardagi sag‘analarga
jimjimador naqshlar berilib,
o‘ymakor oyatlar, marsiyalar va tarixiy qaydnomalar yozil gan.
Samarqand hunarmandchiligida, ayniqsa, qog‘oz ishlab
chiqa
rish alohida o‘rin tutadi. Samarqand qog‘ozi o‘rta asr
Sharq xattotligida g‘oyat mashhur bo‘lib, uning ma’lum bir
qismi chet o‘lkalarga chiqarilgan.
Dostları ilə paylaş: