boshqaruvi. Xalifalikning zaiflashuvi. VIII asr oxiri – IX asr bosh- la ri da Arab xalifaligi og‘ir siyosiy tanglikka uchradi. Bo‘y sun-
dirilgan xalqlarni itoatda tutib turish arablar uchun tobora qiyin
bo‘lib qoldi. Movarounnahr va Xuroson aholisining tez-tez
qo‘zg‘olon ko‘tarib turishi, uzluksiz davom etgan o‘zaro urush
va ichki ziddiyatlar Arab xalifaligi hokimiyatini zaiflashtirdi.
Bu esa mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Movarounnahrning shimoliy va shimoli sharqiy hudud-
laridagi hali xalifalikka bo‘ysundirilmagan chegaradosh
yerlarda bir nechta davlatlar tashkil topdi. Ulardan biri
Qarluqlar davlati dir.
Qarluqlar davlati .
Qadimda
Oltoyning g‘arbi da, so‘ngra
Irtish daryosining o‘rta oqimi da yashagan
qarluqlar qadimiy
tur
kiy qabilalardan hisoblangan.
VI–VII asrlar da ular Turk
xo qon ligi tarkibiga kirgan.
VIII asr o‘rtalari da
Yettisuv o‘lka si da
Qar luqlar davlati tashkil topdi. Bu davlatning poytaxti
Chu daryosidan shimol roqda joylashgan
Suyob shahri edi.
Qarluqlar davlati hukmdori
“yabg‘u” yoki
“jabg‘u” deb
yuritilgan.
X asr o‘rtalari ga borganda qarluqlarning kattagina qismi
mu
sul
mon bo‘lgan. Bu davrda bir nechta shaharlarda jome
mas jidlar bino qilingan.
Qarluqlar davlati shimol va sharqdan
Elsuvi daryosi vodiy-
sigacha,
chigil qabilasi yaylovlarigacha; g‘arbdan
o‘g‘uz yur ti va
Farg‘ona vodiysi ; janubda esa
yag‘molar vohasi va
Shar qiy Turkiston bilan chegaralangan. Bu diyorda poytaxtdan
tashqari