Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov


Salomlashish, taqdim qilish va ishbilarmon



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

8.3. Salomlashish, taqdim qilish va ishbilarmon
kishining tashqi qiyofasi
0 ‘zaro salomlashish (so‘rashish) va taqdim qilish qoi- 
dalari biz o ‘zbek xalqi uchun oddiy tuyulishiga qaramasdan 
ular muayyan bilimlar va yetarli darajada diqqat-e’tibomi 
talab qiladi. Assalomu alaykum bilan boshlanuvchi salom- 
lashning birinchi qoidasi shundan iboratki, u har qanday 
vaziyatda sizning iltifotli va xayrixohligingizni ko‘rsatishi 
lozim. Salomlashish qanday boiishiga sizning kayfiyatingiz 
yoki boshqa kishiga nisbatan salbiy munosabatingiz ta ’sir 
qilmasligi lozim.
Salomlashuv musulmon dunyosida inson uchun eng 
yuqori qadriyat belgisidir. Allohning suyukli habibi boim ish 
Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vassallam janoblari
175


axloq-odobga oid hadislarida: "Uchrashganda qaysi biringiz 
birinchi bo‘lib salom bersangiz, o ‘sha odam Tangriga ham 
itoatliroqdir", deb uqtirgan edilar.
Demak, salom-alik munosabatlari insonning buyuk burchi 
bo‘lib, uni o ‘rinli bajarish shaxslararo munosabatda katta o‘rin 
egallaydi.
0 ‘zaro munosabatlar jarayonida salomlashish, bir-biriga 
taqdim qilish yoki qo‘l berishish, quchoq ochish jarayoni turli 
vaziyatlarda yuz berishi mumkin. Bu o‘ziga xoslik asosan ko£rsatib 
o‘tilgan mazkur holatlarda kim birinchi bo‘lib harakat qilishi 
lozimligi yoki shunday huquqqa ega ekanligida ifodalanadi.
Xizmat vaziyati ishbilarmon kishining tashqi qiyofasiga 
muayyan talablar qo‘yadi.
Modalar olamida uzoq davrlardan buyon "ishchanlik 
kostyumi" degan muayyan tushuncha vujudga kelgan. U, 
albatta, kiyimni modellashtirishdagi eng so‘nggi yangiliklarni 
hisobga oladi, lekin ma’lum darajada qat’iy va eskilik tarafdori 
bo‘lib qoladi.
So‘zning tom m a’nosida kostyum tanlashni amalga 
oshirishda ishbilarmon kishi quyidagi umumiy qoidalarga amal 
qilishi lozim:
— uslub birligi;
— uslubning muayyan vaziyatga muvofiqligi;
— ranglar gammasining oqilona kamayib borishi (uch 
xil rang qoidasi);
— ranglar gammasida ranglami qiyoslay bilish;
— kiyimning turli tarkibiy qismlarida rasm xarakterini 
qiyoslay olish.
Ishga doir suhbat o‘tkazish malakalari kasb faoliyati jara­
yonida ham, maishiy sharoitda ham ishlab boriladi. Suhbat 
o'tkazish zarurligi bilan bog‘liq har qanday vaziyatni muloqot 
olib borish qoidalarini ishlab chiqish bo‘yicha trening imko­
niyati sifatida qarash kerak bo‘ladi.
Bu qoidalaming sxematik tarzda muayyan izchillikda va 
o ‘zaro bog‘liqIikda o ‘tkazilishini zarur bo‘lgan asosiy ha- 
rakatlar sifatida tasawur qilish mumkin (8.13- sxema).

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin