199
10.3. Korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash
Korxona xavfsizligini ta’minlash uchun xo‘jalik faoliyati-
ning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini tahlil qilish yo‘li bilan
uning turli tahdidlarga barqarorligi hamda xavfsizlik darajasi
baholanadi.
Ushbu tahlil quyidagilami o ‘z ichiga oladi:
— iqtisodiy manfaatlarga tahdidlar bo‘yicha korxonaning
zaif tomonlari, tahdidlaming salbiy ta’siri baholanadi;
— iqtisodiy tahdidlaming salbiy ta’sirini bartaraf etish
bo‘yicha shu damgacha ko‘rilgan chora-tadbirlami xo‘jalik
subyektlarining boshqarish elementlari faoliyati bilan bog‘liq
ravishda qayta ko‘rib chiqish;
— xo‘jalik subyektini boshqarishning funksional ele
mentlari tahdidning salbiy ta’sirini bartaraf etishdagi rolini
miqdor hamda sifat jihatdan tavsiflash va baholash;
— iqtisodiy xavfsizlik darajasini integral baholashni
shakllantirish;
— xavfsizlik darajasini baholashning joriy natijalarini
ilgarigi davrda olingan natijalar bilan taqqoslash;
— iqtisodiy manfaatlarga tahdidlami bartaraf etish yoki
neytrallashtirish bo‘yicha ko‘rilgan chora- tadbirlaming yetarli
darajada natijalar bermaganligining sabablarini aniqlash;
— iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda xo‘jalik subyektini
boshqarishning funksional elementlari faoliyatini yaxshilash
bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar tayyorlash.
Ushbu boshqarishning funksional elementlarini moliya-
viy, intellektual, kadr, texnika-texnologik, siyosiy-huquqiy,
iqtisodiy, axborot, kuch elementlari tashkil etadi.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning korxona xo‘jalik -
moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq jihatlarini aktivlarni bosh
qarish, kapital qo‘yilmalar tarkibini nazorat qilish, moliya
viy portfel qismlarining risk va daromadlilik bo‘yicha nisbatlari,
rentabellikning o ‘sishi, marketing tizimining rivojlanishi,
korxonaning qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish va
200
tartibga solish, boshqarishning tashkiliy tuzilishini tako-
millashitrish hisobiga xarajatlarni kamaytirish, shuningdek,
raqobatchi korxona faoliyati va tovarlar bozoridagi ahvolni
chuqur tahlil qilish tashkil etadi.
Iqtisodiy xavfsizlikning intellektual va kadrlar bilan
personal ishlash, xodimlami o‘qitish va mehnat motivatsiyasini
rivojlantirish intellektual salohiyatini saqlash va rivojlantirishga
yo‘naltirilgan. Bunda kadrlar malakasining yetishmasligi,
ulaming korxonaga naf keltirishga qodir emasliklari yoki buni
istamasliklari, korxonaning turli bo‘linmalari mehnat unum
dorligi va ish sifatining pasayishi iqtisodiy xavfsizlikka salbiy
ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda ishlab chiqarishning
texnik darajasi, sotilayotgan va xarid qilinayotgan lisenziyalar,
ishlab chiqarilayotgan mahsulot va qo‘llanilayotgan texno-
logiyaning jahonning eng yaxshi andozalariga mosligi,
mahsulotning ilm talabligi va innovatsiya darajasi muhim
hisoblanadi.
Xavfsizlikni ta ’m inlashning siyosiy-huquqiy jihatlari
faoliyatning huquqiy jihatdan ta’minlanishi, mehnat jamoasi-
dagi ishbilarmonlik kayfiyati va ijtimoiy muhitni qo‘llab-
quwalash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlami baholashni o ‘z
ichiga oladi.
Axborotlardan oqilona va samarali foydalanish hamda
uni himoya qilish korxona uchun iqtisodiy jihatdan mu-
vaffaqiyat keltiradi.
Jismoniy shaxslarning salomatligi va hayotiga yetkazi-
ladigan moddiy hamda ma’naviy zararlardan himoya qilish
iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning elementlari hisoblanadi.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda — xo‘jalik subyektining
moliyaviy barqarorligini tahlil qilishda quyidagi hisobot
ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi:
—
korxonaning o ‘z m ablag‘lari bilan ta ’m inlanish
koeffisienti, o ‘zining aylanma aktivlarining umumiy aktivlar
summasiga nisbati;
201
— joriy likvidlik ko‘rsatkichi;
— o‘z kapitalining rentabelligi;
— umumiy to ‘lovga qodirlik ko‘rsatkichi, aktivlar bozor
qiymatining xo‘jalik subyektining barcha majburiyatlariga
nisbati;
— kapitallashtirish koeffisienti, o ‘z kapitalini bozor
qiymatining qarz mablag‘larini balans qiymatiga nisbati;
— menejment koeffisienti, sotishdan olingan pul tushu-
mining joriy majburiyatlar miqdoriga nisbati.
Shuni aytib o ‘tish joizki, bugungi bozor iqtisodiyotiga
o ‘tish davrida korxonalar o ‘zining iqtisodiy xavfsizligini
ko‘proq o‘zi ta’minlashga majbur bo‘lmoqdalar. Korxona xavf
sizligini ta’minlash uchun huquqiy, tashkiliy, texnik chora-
tadbirlar majmuasini ishlab chiqish lozim. Bunda xavfsizlikni
ta’minlashning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
qonuniylik, shaxsiy va korxona manfaatlarining uyg‘unligi;
personal va rahbarlarning o ‘zaro birgalikdagi mas’uliyati; davlat
xavfsizlik va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilish.
Shundan kelib chiqib, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning
yagona tizimini yaratish quyidagi tamoyillar asosida amalga
oshiriladiki, ular hayotiy muhim manfaatlami himoya qilish
va tadbirkorlik faoliyatini muvaffaqiyatli hal etish bo‘yicha
tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirishning muhim
talablari hisoblanadi:
Dostları ilə paylaş: |