Boshqa tom ondan iqtisodiy sam aradorlikka, agarda
xodimlar o‘z ish kuchini tashkilotning umumishiga baxshida
qilgan taqdirdagina tashkilotda m a’lum bir ijtimoiy nafga,
va demakki, ma’lum darajadagi ijtimoiy samaradorlik darajasiga
erishish mumkin.
Ijtimoiy natijalar ba’zi bir holatlarda qiymat baholanishda
amalga oshiriladi(m asalan, personalning butun m ehnat
salohiyatini ishlab chiqarishni yoki mahsulot sifatini bir
muncha oshirish hisobiga ko‘paytirish; m ehnatdan qoni-
qishning ortishi hisobiga kadrlar qisqarishidan keladigan
zarami kamaytirish; noqulay mehnat sharoitlarini kamaytirish
yoki neyterallashtirish uchun ijtimoiy imtiyozlar va kom-
pensatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojlarni qisqartirish va h.k.).
Personalni boshqarish tizimi va texnologiyasini takomil-
lashtirishning iqtisodiy natijalari tarkibiga kiritilishi mumkin.
Personalni boshqarish texnologiyasi va tizimini tako
millashtirish loyihalarining ijtimoiy va iqtisodiy samarador-
liklarini kompleks baholashda quyidagi yondashuvlar bo'lishi
mumkin:
• iqtisodiy sam aradorlik asosiy k o ‘rsatkich sifatida
qaraladi, ijtimoiy samaradorlik esa-organik, ya’ni, faqat
ijtimoiy tavsifdagi chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladigan loyihalar
sifatida qabul qilinadi;
• iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikning umumlashtiruvchi
integral ko‘rsatkichi hisobga olinadi, biroq maqsadning sifatli
notaqqoslashtirilishining qismi ko‘rinishida bunday hisob-kitob
shartli tavsifga ega;
• awalo qarorlaming variantlari iqtisodiy jihatdan mustaqil
bo‘lgan ijtimoiy maqsadlar nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi
va ishlab chiqiladi, keyinchalik tanlangan ijtimoiy samarali
variantlar orasidan iqtisodiy jihatdan samaralisi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: