Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov


"Inson resurslar tahlili" konsepsiyasi



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

14.2. "Inson resurslar tahlili" konsepsiyasi
Inson kapitali bu — har kimda mavjud bo‘lgan bilimlar, 
ko‘nikmalar, motivatsiyalar zaxirasidir. Unga investitsiyalar, 
ta ’lim, kasbiy tajribani to ‘plash, sog‘liqni saqlash, va 
hokazolami, axborotlami izlash kiritish mumkin.
279


Tadqiqotchining dastlabki qiziqishi ta ’limdan kelgan 
iqtisodiy nafni baholashdan iborat bo‘lgan. Bekker birinchi 
bo‘lib ta’limning iqtisodiy samaradorligini hisoblashda statistik 
hisob-kitobdan to‘g‘ri foydalandi. Daromadni aniqlash uchun 
masalan, kollejni tugatgan oliy m a’lumotli kishining umri 
bo‘yi olgan ish haqlarini va o ‘rta maktabni tugatishdan nari 
o ‘tmagan kishining umri bo‘yi olgan ish haqlarini hisoblab 
chiqdi. Bunda o‘qish uchun ketgan to‘g‘ri xarajatlar (o‘qish, 
yotoqxona uchun va h.k.) bilan bir qatorda asosiy element 
sifatida "yo‘qotilgan ish haqlari", ya’ni o‘qish yillari davomida 
insonning olmagan daromadlari e’tiborga olingan. Mohiyati 
bo‘yicha yo‘qotilgan ish haqlari insonning ta ’lim olishga 
sarflagan vaqtining bahosini o ‘lchaydi va uni ishlatishdagi 
muqobil xarajatlar hisoblanadi. 0 ‘qishga qo‘yilgan qo‘yil- 
maning qaytimi, ya’ni daromadning xarajatlarga bo‘lgan 
nisbati sifatida Bekker 12—14% yillik foyda raqamini oladi.
Inson kapitali nazariyasini korporativ darajada qo‘I las li­
ning eng qiziqarli va ma’lum intilishlaridan biri — bu Erik 
Flemxols tom onidan 1960- yillar boshida taklif etilgan 
"Insoniy resurslar tahlili" (IRT) konsepsiyasidir.
IRTning paydo bo‘lishi personalga nisbatan foydalanilishi 
mumkin bo‘lgan muhim zaxiralar yashiringan tashkilot resursi 
sifatida qiziqishning namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq. Har 
qanday resurs undan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi 
bilan bog‘liq. Shuning uchun menejer uchun personaldan 
samarali foydalanish, uning unumdorligini baholash va boshqa 
turdagi resurslar uchun umum iy pul qiymatiga keltirish 
imkonini beradigan vositalami ishlab chiqish ehtiyoji yuzaga 
kelgan. 0 ‘sha paytdagi va hozirda mavjud hisob-kitob tizimi 
personalni investitsiyalar obyekti sifatida qarash imkonini 
beradi. Masalan, ikki ming dollar uchun oddiy kompyutemi 
sotib olish kompaniya aktivlarini ko‘paytirish tariqasida, yuqori 
malakali mutaxassisni topish uchun bir-necha o ‘n ming 
dollarni sarf qilish esa — hisobot davrida daromadni ka- 
maytiradigan yakka davriy xarajatlar sifatida qaraladi.
0 ‘zining ilk asarlarida E.Flemxols IRTning uchta asosiy 
vazifasini ko‘rsatadi:
280


1) ham personal b o ‘yicha m enejerlar, ham yuqori 
rahbariyat uchun personalni boshqarish sohasida qarorlar 
qabul qilish uchun zarur axborotni taqdim etish;
2) aniq qarorlar qabul qilish uchun menejerlami inso­
niy resurslaming miqdoriy qiymati uslublari bilan ta’minlash;
3) rahbarlarni odam lar to ‘g‘risida kamaytirish kerak 
bo‘lgan xarajatlar kabi emas, balki maqbullashtirish zarur 
bo‘lgan aktivlar sifatida qarashga yo‘naltirish.
Demak, aytish mumkinki, IRT — bu tashkilotda qarorlar 
qabul qiluvchi shaxslar uchun insoniy resurslar to‘g‘risidagi 
axborotni aniqlash, tekshirish va taqdim etish jarayonidir. Agar 
personalni boshqarish bo‘yicha faoliyatni ayrim funksiyalar 
majmuasi deb olsak, IRTning alohida funksiyalari doirasidagi 
imkoniyatlarini quyidagicha keltirish mumkin.

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin