Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov


Yaponiya tajribasi. Yapon an’anasi



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

15.4. Yaponiya tajribasi. Yapon an’anasi
Yapon tizim ining o ‘ziga xos xususiyati — m ashhur 
"umrbod yollanish"dir. Bunda xodim o ‘quv yurtini tamom- 
lagandan keyin tashkilotga ishga kirgach, uni butun mehnat 
hayoti mobaynida tark etmaydi. Inson resurslarini bosh- 
qarishning butun tizimi mazkur tamoyilga buysundirilgan. 
Masalan, mehnatga haq to ‘lash tizimi shunday tuziladiki, 
xodim oladigan daromadning anchagina qismi kompaniyadagi 
ish stajiga bog‘liqdir va har yili muayyan miqdorda ortib 
boradi.
Yapon korxonasi — bu faqat xodimlar birgalikda mehnat 
qilish uchun birlashadigan iqtisodiy tizim bo‘lib qolmasdan, 
shu bilan birga, o ‘zaro majburiyatlar bilan yagona "ishlab 
chiqarish oilasi"ga bog‘langan ham fikrlarning ijtim oiy 
hamjamiyatidir. "Firma oilasi" — yapon menejmentining juda 
keng tarqalgan shiorlaridan biri bo“lib, u amalda quyidagicha 
ro‘yobga chiqariladi. Ish bilan bandlar, ya’ni "bolalar" o ‘z 
sadoqatlarini doimiy ravishda namoyish qilishlari va "o‘zlarini
299


butunlayjonajon oilaga bag'ishlashlari" kerak, astoydil mehnat 
qilishlari va flrmalari farovonligini birinchi o‘ringa qo‘yishlari 
lozim. Buning uchun "otalar" — ma’murlaming g‘amxo‘rliklari 
tufayli ular ish bilan, yaxshi turmush sharoiti va doimiy ortib 
boruvchi daromad bilan ta’min etiladilar (15.17- sxemaga 
qarang).
Bazis stavkasining tarkibi quyidagicha aniqlanadi:
— 20 %li m a’lumot darajasi bilan;
— 20 %li staj bilan;
— javobgarlikning 20 %li hajmi bilan;
— mustaqil qarorlaming 10 % И zarurligi bilan;
— 10 %li ruhiy zo‘riqishlar bilan;
— 5 %li mehnat sharoitlar bilan;
— 5 %li mehnat xavfsizligi bilan.
Jamoaviylik, yetakchiga bo‘ysinish va kattaga hurmat. 
Kichik kattaga minnatdorchilik bildiradi, katta kichikning hur- 
matini qozonadi. «Ringi» tamoyili quyi pog‘onadagi xo­
dimlaming fikrini bilish — ana’anaviy hurmat hisoblanadi.
K orporativ tam oyillar. F irm a ideallariga sodiqlik, 
firmaning ish kiyimi, shior, madhiya, bayroq. Norasmiy 
munosabatlar. «Odamlarda xato qilmaslik kerak», «Yaxshi inson
— ishlaydigan inson», «Biz hammamiz katta oila».
Motivatsiya. 
Jamoaviy motivatsiyaning ustunligi. Hozir 
mehnat — pul keyin. Yaxshi bajarilgan ishdan qoniqish, uy- 
joy hisobiga zayomlar berish. Qo‘pol xatti-harakat uchun 
jamoadan chiqarish.

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin