Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov


Personalga bo‘lgan ehtiyojni baholash tavsifi



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

Personalga bo‘lgan ehtiyojni baholash tavsifi
Tashkilotning personalga b o ‘lgan ehtiyojini baholash 
miqdoriy va sifatiy tavsifni o ‘z ichiga oladi.
Personalga bo ‘lgan ehtiyojni 
miqdoriy baholash
«qancha» 
savoliga javob berish bilan aniqlanadi va u taklif qilinayotgan 
tashkiliy tuzilm a (boshqarish darajasi, b o ‘linm alar soni, 
javobgarlikni taqsim lash), ishlab chiqarish texnologiyasiga 
b o ‘lgan ehtiyoj (bajaruvchilaming birgalikdagi tashkil etishni 
amalga oshirish shakli)ni, marketing rejasi (korxonani ishga 
tushirish rejasi, ishlab chiqarishning bosqichma-bosqich yo‘lga 
qo‘yilishi)ni, shuningdek personalning miqdoriy o ‘zgarish 
tavsifining bashoratini tahlil etishga asoslanadi.
Personalga bo‘lgan ehtiyojni 
sifatiy baholash
esa «kimni» 
savoliga javob berishni o ‘zida aks ettiradi. Bu bashorat qi- 
lishning bir m uncha murakkab turi b o ‘lib, unda miqdoriy 
ko‘rsatkichdan tashqari tashkilotga kerak bo‘lgan personalning
1 М ен едж м ен т ор ган и зац и и /П о д ред. З .П . Р ум ян ц евой и Н .А . С аламатина -
М.: И Н Ф Р А -М ., 1995.
106


kasbiy bilim va ko‘nikmalari, madaniyat darajasi va m a’lumoti 
kabi muhim ko‘rsatkichlar hisobga olinadi. Asosiy qiyinchilik 
boshqaruv personaliga bo ‘lgan ehtiyojni baholashda namoyon 
bo‘ladi. Bunday holatda kamida personalning korxonaning 
maqsadlarga erishishini ta ’m inlovchi oqilona operativ va 
strategik maqsadlarini aniqlash va optimal boshqaruv qaror- 
larini shakllantirishni amalga oshirish imkoniyatlarini hisobga 
olish zarur b o ia d i. P ersonalni baholashda eng m uhim i 
ixchamlashgan tashkiliy va moliyaviy rejalarni ishlab chiqish 
b o iib , u o ‘z ichiga quyidagilarni oladi:
— personalni jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini 
ishlab chiqishni;
— nomzodlarni baholash usullarini ishlab chiqish yoki 
moslashtirishni;
— personalni jalb qilish va baholashga ketadigan moliyaviy 
xarajatlarni hisoblashni;
— baholash chora-tadbirlarini amalga oshirishni;
— personalning rivojlanish dasturini ishlab chiqishni;
— personalni boshqarish dasturini amalga oshirish xa- 
rajatlarini baholashni.

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin