20
ichki sabab natijasida vujudga kelgan evolyutsiya
konsepsiyasidir. Ushbu
konsepsiyaga ko‗ra, institutlar insonlarning harakatlari natijasida paydo bo‗ladi
degan taxmin ilgari suriladi. Ya‘ni, individlar birlamchi, institutlar esa ikkilamchi
o‗rin tutishi to‗g‗risidagi taxmin neoklassiklar qarashlarida o‗z aksini topgan.
Aksincha, tahlil uchun boshlang‗ich
nuqta sifatida individlar emas, balki
institutlar belgilanishi ikkinchi tamoyilga asos bo‗ladi. Shu tariqa ikkinchi
tamoyilda
xolizm
metodologiyasidan foydalaniladi. Boshqacha aytganda, individlar
institutlarning ta‘rifidan kelib chiqib tavsiflanadi.
Institutlar esa, o‗zlari
makrodarajada munosabatlar tizimini takror ishlab chiqarishda bajaradigan
funksiyalar orqali izohlanadi. Endi fuqarolar o‗z hukumatini emas, balki hukumat
ma‘lum xildagi fuqarolarning shakllanishiga ko‗maklashadi. So‗ngra, ichki sabab
natijasida vujudga kelgan evolyutsiya konsepsiyasiga
institutsional determinizm
g‗oyasi qarshi turadi va u muhim barqarorlashtiruvchi omil hisoblanadi. Institutlar
– o‗tmishda sodir bo‗lgan «jarayonlar natijasi» bo‗lib, ular o‗tmish holatlariga
moslashgan va shuning uchun ijtimoiy mo‗rtlik, ruhiy omili hisoblanadi va barcha
keyingi rivojlanish «doiralarini» belgilab beradi. Shunday qilib, xolizmda
individlarning manfaatlari va xatti-harakatlari ularning o‗zaro hamkorigini
oldindan belgilab beruvchi institutlarning tavsifi orqali izohlanadi. Ya‘ni,
bunda
institutlar birlamchi, individlar esa, ikkilamchi o‗rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: