24
shakllantirgan edi. Ushbu dasturda neoklassik nazariyaning ―himoya qobig‗i‖ga
quyidagi o‗zgartirishlar kiritilgan.
Birinchidan, xususiy mulk bilan bir qatorda mulkchilikning jamoaviy,
davlat, aksiyadorlik shakllari tahlil qilinadi va
ularning bozorda bitimlarni
ta‘minlashdagi nisbiy samaradorligi taqqoslanadi. Ya‘ni, mulkchilik shakllari va
shartnoma shakllarining keng doirasi ko‗rib chiqilib, ular asosida almashuv amalga
oshiriladi
Mulkchilik huquqlari nazariyasi
(R.Kouz, R.Pozner, S.Peyovich) va
optimal shartnoma nazariyasi
(J.Stiglits, Y.Maknil)ning
tadqiqot dasturi ana
shunday. Bu Еrda mulkchilik huquqlarining o‗rnatilishi va samarali himoyalanishi
uchun mas‘ul bo‗lgan davlat nazariyasi,
ijtimoiy tanlov nazariyasi
(J.Byukenen,
G.Tallok), shuningdek, ijtimoiy tanlov nazariyasidan hosil bo‗lgan
konstitutsiyaviy
iqtisodiyot
(V.Vanberg) ajralib turadi. Ayniqsa,
konstitutsiyaviy iqtisodiyotning
vazifasi neoklassika, «eski» institutsionalizmning
tarkibiy qismi hisoblangan
«tartib nazariyasi» hamda ―ijtimoiy tanlov‖ unsurlarini uyg‗unlashtirishdan iborat.
Ikkinchidan, neoklassik modelga
axborot xarajatlari
, ya‘ni bitim
to‗g‗risidagi va bozordagi vaziyat to‗g‗risidagi axborotni
qidirish va olish bilan
bog‗liq xarajatlar tushunchasi kiritiladi.
Axborot
nazariyasi
(J.Stigler)
neoinstitutsionalizm rivojlanishiga katta ta‘sir ko‗rsatdi.
25
Uchinchidan, ishlab chiqarish xarajatlari bilan bir qatorda
transaksiya
xarajatlari
mavjudligi neoinstitutsionalistlar tomonidan ta‘kidlandi.
Transaksiya
xarajatlari nazariyasi
(R.Kouz, O.Uilyamson) uchun markaziy bo‗lgan ushbu
atama zamirida bitimlarni amalga oshirishda yuzaga
keladigan barcha xarajatlar
tushuniladi. Transaksiya xarajatlari nazariyasi va mulkchilik huquqlari nazariyasini
qo‗llash natijasida
Yangi iqtisodiy tarix
(D.Nort), deb nomlangan tarixiy tahlil
paydo bo‗ldi.
Institutsional iqtisodiyot rivojlanishidagi
ikkinchi bosqich
o‗yinlar
nazariyasi
(J. fon Neyman, O.Morgenshtern, J.Nesh)ning neoklassikadagi
umumiy muvozanat modeliga nisbatan bildirgan tanqidiy xulosasi bilan
boshlandi(qarang: 1.4.1-rasm).