Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

MAVZUGA DOIR TAYАNCh IBORALAR 
 
Institutsional iqtisodiyot 
– bu iqtisodiy nazariya va xo‗jalik amaliyotini 
institutsional o‗zgarishlarning o‗zaro bog‗liqligida o‗rganuvchi zamonaviy 
iqtisodiy fikrlarning ilmiy yo‗nalishlaridan biridir. 
Institutsionallashtirish 
– individlar o‗rtasidagi munosabatlarda jamiyat 
a‘zolarining katta qismi tomonidan foydalaniladigan muayyan qoidalar yoki 
normalarni mustahkamlash. 
Institutsional vakuum
– bu ilgarigi xo‗jalik tizimini boshqarish 
mexanizmining tugatilishi va yangi mexanizmning mavjud emasligi tufayli 
institutsional tizimda eng kam transaksiya xarajatlariga ega bitimlarning amalga 
oshirilishini qo‗llab-quvvatlashga qodir bo‗lgan rasmiy institutlarning mavjud 
emasligi yoki Еtishmasligi. 
Institutsional nizo
– rasmiy va norasmiy qoidalar o‗rtasidagi nomuvofiqlik 
natijasi. Bir holatda, institutsional nizo istiqbolsiz institutlarning paydo bo‗lishiga, 
boshqa holatda esa samarasiz bo‗lsa-da barqaror hosilalar – institutsional 
tuzoqlarning paydo bo‗lishiga olib keladi. 
Institutsional texnologiya
– bu institutlarni joriy etish (import qilish), 
shuningdek iqtisodiy tizim faoliyat ko‗rsatishi transaksiya xarajatlarining 
pasayishiga olib kelishga va iqtisodiy o‗sishni ta‘minlashga qodir bo‗lgan yangi 
institutlarni ishlab chiqish (etishtirish) bilan bog‗liq texnologiya.
 
Institutsional tuzoq
– o‗zini o‗zi qo‗llab-quvvatlovchi xususiyatga ega 
bo‗lgan samarasiz barqaror norma (samarasiz institut). 
Iqtisodiy resurslar
– ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar yoki ishlab 
chiqarish omillari. 
Iqtisodiy o„sish
– ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar miqdorini 
oshirish yoki texnologiyani takomillashtirish orqali jamiyatning ishlab chiqarish 
imkoniyatlarini kengaytirish. 


29 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin