Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


 Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

2.2. Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi 
Institutsionalizm asoschilaridan biri D.Nort institutlar tarkibida normalarni 
uchta asosiy qismga ajratadi: 
- rasmiy qoidalar (konstitutsiyalar, qonunlar, sud qarorlari, ma‘muriy 
hujjatlar va b.); 
- norasmiy normalar (an‘analar, urf-odatlar, ijtimoiy shartlilik); 
- qoidalarga amal qilinishini ta‘minlovchi (sudlar, ichki ishlar organlari, 
xavfsizlik organlari, davlat va nodavlat nazorat organlari va h.k.) majburlash 
mexanizmlari (masalan, jazolash tizimi)(qarang:2.2.1-rasm). 


43 
2.2.1-rasm. Institutsional tizimda normalarning tarkibiy qismlari. 
―Institut‖ning yuqorida keltirilgan ta‘rifidan kelib chiqib, institutlar inson 
tomonidan ongli ravishda yaratilgan turli hujjatlar (konstitutsiyalar, qonunlar va 
Institutlar tarkibida normalarning tarkibiy 
qismlari 
Norasmiy
normalar 
Majburlash 
mehanizmlari 
Rasmiy 
norma(qoida)lar 
Konstitutsiya, 
qonunlar 
Prezident farmonlari 
va qarorlari, 
farmyishlari 
Hukumat qarorlari 
Sud qarorlari, 
ma‘muriy
hujjatlar 
Huquq-targ‘ibot 
organlari 
An‘analar 
Sud organlari 
Urf-odatlar 
Ijtimoiy 
shartlilik
Davlat va nodavlat 
nazorat tashkilotlari 
Korxona va tashkilot 
rahbarlarining buyruq, 
farmoyishlari, o‘rnatilgan 
tartib va qoidalar 
Jazolash va 
sanksiyalar tizimi 


44 
h.k.) ko‗rinishidagi rasmiy, ―yozilgan‖ qoidalarda ifodalanishi mumkin. Shu bilan 
birga ular umumiy qabul qilingan shartlilik, xatti-harakat kodekslarida, ya‘ni 
norasmiy, ―yozilmagan‖ normalarda namoyon bo‗ladigan, jamiyatning barcha 
sohalariga kirib borib, an‘analar, urf-odatlar ko‗rinishida yoki boshqa shaklda amal 
qilinadigan inson ongining mahsulini o‗zida namoyon etishi mumkin. 
Agar rasmiy qoidalar tizimi insonlar (davlat)ning qonun ijodkorligi 
faoliyatini o‗zida aks ettirsa, u holda norasmiy normalar tizimi qay tarzda 
shakllanadi, degan savol tug‗iladi. 
T.Veblenning konsepsiyasiga ko‗ra, institutlarning o‗zgarishi tabiiy tanlab 
olish qonuniga muvofiq ravishda kechadi. Insonning jamiyatdagi hayoti, huddi 
boshqa turdagi hayot kabi – bu yashash uchun kurashish va, o‗z navbatida, tanlab 
olish va moslashish. Uning fikriga ko‗ra, ijtimoiy tuzum evolyutsiyasi ijtimoiy 
institutlarni tabiiy tanlab olish jarayoni bo‗ldi. Institutlar – inson jamiyati va inson 
tabiatining rivojlanishda davom etishi va shu nuqtai nazarda erishilgan taraqqiyotni 
umumiy ko‗rinishda eng ko‗p moslashgan tafakkur tarzini tabiiy ravishda tanlash 
va individlarni jamiyat rivojlanishi bilan izchil o‗zgarib turadigan yangi 
sharoitlarga majburiy moslashtirish jarayoni, deyish mumkin. Shunday qilib, 
T.Veblenning 
talqinida 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish 
(―ijtimoiy tuzum 
evolyutsiyasi‖) turli xildagi institutlarni ―tabiiy tanlash‖ jarayonini amalga oshirish 
sifatida namoyon bo‗ladi
1

T.Veblenning nuqtai nazari F.XaЕk
2
ning qarashlariga yaqin. XaЕkning 
fikriga ko‗ra, jamiyatda qaror topgan ahloq qoidalari va normalarini tanlashni 
biologik tanlovga qiyoslash mumkin. Uning hisoblashicha, rasmiy qoidalar bilan 
bir qatorda (an‘analar va urf-odatlar ko‗rinishida) norasmiy normalarning mavjud 
bo‗lishi shu bilan shartlanganki, ―tanlab olish jarayonida, shakllangan urf-odatlar 
va ahloqda haqiqiy holatlar soni hisobga olinishi mumkin – individlar qabul qilishi 
mumkin bo‗lgan narsalardan ko‗proq; buning oqibatida, an‘ana ma‘lum jihatlarda 
1
Қаранг: 
Веблен Т. Теория праздного класса. М.: Прогресс. 1987.
2
Хайек Ф.А. Пагубная самонадеянность. Ошибка социализма. –М.: Новости, 1992. –С.133. 


45 
inson ongidan ustun turadi‖. Jamiyat qanchalik ko‗p xilma-xillikka yo‗l qo‗ysa, 
ijtimoiy maqsadga muvofiq institutlarni tanlab olish shunchalik samarali kechadi. 
Yuqorida keltirilgan fikrlardan shu narsa kelib chiqadiki, agar rasmiy 
qoidalar sun‘iy tarzda o‗ylab topilishi va majburan joriy etilishi mumkin bo‗lsa, 
F.XaЕkning ta‘kidlashicha, norasmiy normalar ―qandaydir o‗tmishdagi voqealar 
bilan belgilanadi, lekin qandaydir tuzilma yoki model (institutsional matritsa)ning 
ongsiz tarzda o‗zini o‗zi tashkil etishi jarayonining tarkibiy qismi sifatida 
shakllanadi‖
1
. Boshqacha aytganda, norasmiy institutlar – bu shartlilik, o‗zini o‗zi 
qo‗llab-quvvatlovchi, uchinchi tomon (davlat)ning aralashuvisiz, o‗z o‗zidan 
bajariladigan 
qoidalardir. 
Ta‘kidlash lozimki, ―evolyutsiya‖ atamasidan 
foydalanilsa-da, tabiiy tanlash nazariyasi izchil institutsional o‗zgarishlarga 
nisbatan hamma vaqt ham qo‗llanilmaydi. Chunki eng ―yaxshi‖ institut hamma 
vaqt ham yashovchan bo‗lmaydi. Ikkinchi tomondan, institutlarning bir holatdan 
ikkinchi holatga doimiy ravishda o‗tishi hamma vaqt ham tashqi omillar ta‘siri 
ostida kechmaydi. Ba‘zi bir institutlar normativ tarzda mustahkamlanib norasmiy 
turdan rasmiy institutlarga aylanadi, boshqalari esa, rasmiy institutlar sifatidagi 
avvalgi ahamiyatini yo‗qotib va huquqiy tizimdan chiqarilgan holda norasmiy 
ko‗rinishga ega bo‗lishi mumkin. 
Amaliyot shuni ko‗rsatmoqdaki, ko‗p holatlarda norasmiy normalar 
jamiyatda ―tartibni‖ ta‘minlashda rasmiy qoidalarga qaraganda g‗oyat katta rol 
o‗ynaydi. Bunga qator omillar xizmat qiladi: 
1. Har qanday jamiyatda faoliyatning alohida sohalari rasmiy qoidalar 
mavjud bo‗lmaganda faqat norasmiy normalar bilan tartibga solinadigan vaziyatni 
kuzatish mumkin. Xo‗jalik yuritishning jamoa shakli paydo bo‗lishi davrida 
urug‗doshlik va ular a‘zolari o‗rtasidagi munosabatlar yoki mafiya (kriminal) 
guruhlar o‗rtasidagi munosabatlar, O‗zbekistonda mahallada yashovchi aholi 
orasida keng tarqalgan odatlar va qoidalar bunga misol bo‗lib xizmat qiladi. 
Qoidalarga zarurat hamma vaqt, bittadan ko‗p sub‘ekt mavjud bo‗lib, ular 
o‗rtasida qandaydir munosabatlar yuzaga kelgan taqdirda, tug‗iladi. Bunda 
1
Хайек Ф.А. Пагубная самонадеянность. Ошибка социализма. –М.: Новости, 1992. –С. 20. 


46 
sub‘yektlarning turli guruhlaridagi qoidalar bir xil bo‗lishi ham, bir-biridan yaqqol 
farq qilishi ham mumkin. Alohida oila yoki alohida jamoa doirasidagi 
munosabatlar ana shunday qoidalarga eng oddiy misol bo‗lib xizmat qiladi. Oila 
doirasidagi munosabatlar norasmiyligicha qoladi, jamoaning qarindoshlar 
bo‗lmagan a‘zolari o‗rtasidagi munosabatlar esa, aksariyat hollarda shartnoma yoki 
boshqa hujjat ko‗rinishida (fuqarolik kodeksida davlat doirasida) rasmiy tarzda 
mustahkamlandi. 
2. Norasmiy normalar jamiyatda rasmiy qoidalarga qaraganda ancha oldin 
paydo bo‗lib, ko‗p jihatdan rasmiy, qonunchilik bilan mustahkamlangan normalar 
uchun asos bo‗lib xizmat qildi. Norasmiy normalarning rasmiy qoidalar sifatida 
mustahkamlanishiga istalgan mamlakatning tarixida ko‗plab misollarni uchratish 
mumkin. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin