48
2.4. Institutsional o„zgarishlar va institutlarning
o„zaro bog„liqligi
Institutlar
qanday ishlayotganligini, nima uchun ular asrlar mobaynida
mavjud bo‗lishi va rivojlanishini, ularning ―hayotiyligi‖ yoki barqarorligini
tushunish uchun institutsional o‗zgarishlarga olib keluvchi sabablarni o‗rganib
chiqish lozim.
Jamiyatning rivojlanish jarayonida institutlar shaklining o‗zgarishi ro‗y
beradi. Agar rasmiy qoidalarni u yoki bu qonun, farmonni qabul qilib o‗zgartirish
mumkin bo‗lsa, an‘analar va urf-odatlarda ifodalanadigan norasmiy cheklovlarni
bir kunda o‗zgartirib yoki tugatib bo‗lmaydi. Ular yana uzoq vaqt amal qilishda va
jamiyat rivojiga ta‘sir ko‗rsatishda davom etadi.
Biroq institutsional tizimning o‗zida doimiy ravishda o‗zgarishlarga
ehtiyoj
sezilib bo‗lib turadi. T.Veblenning ta‘kidlashicha, institutsional o‗zgarishlarning
asosiy sababi shakllangan institutlar bilan o‗zgargan sharoitlar, tashqi muhit
o‗rtasidagi o‗zaro nomuvofiqlik hisoblanadi.
D.Nort institutsional o‗zgarishlar sub‘ekti sifatida yakka tartibdagi
tadbirkorni, institutsional o‗zgarishlar manbai sifatida esa narxlar nisbatidagi
fundamental siljishlarni ajratadi.
O‗zgarishlar mexanizmi quyidagicha: nisbiy narxlar
tarkibidagi siljishlar
ishlab chiqarish omillarining narxlari o‗rtasidagi narx ulushiga, axborot qiymatiga
va texnologiyalardagi o‗zgarishlarga ta‘sirni nazarda tutadi. Ushbu o‗zgarishlardan
ayrimlari ekzogen xususiyatga ega (inqiroz, epidimiya va h.k.), biroq aksariyat
o‗zgarishlar endogen xususiyatga ega bo‗lib, insonlarning joriy faoliyati
kengayishi natijalarini aks ettiradi. Narxlar nisbatidagi fundamental o‗zgarishlar
vaqt o‗tishi bilan xatti-harakat eski odatlarining o‗zgarishiga va insonlar tomonidan
xatti-harakat standartlarini hosil qiladigan omillarning aglab Еtilishiga olib keladi.
Biroq, narxlar o‗zgarishining g‗oyalarga ta‘siri darajasi to‗g‗risidagi masala
hozircha kam o‗rganilganligicha qolmoqda.
49
D.Nortning fikriga ko‗ra, mafkura institutsional o‗zgarishlarning yana bir
manbai hisoblanadi.
Mafkura deganda, u insonlar ular orqali atrofdagi olamni
qabul qiladigan va baholaydigan sub‘ektiv modelni tushunadi. Mafkuraviy
mayillik ham iqtisodiy hisob-kitoblardan holi emas: olamning sub‘ektiv manzarasi
kimningdir foydali imkoniyatlarini chegaralashi qanchalik katta bo‗lsa, uni qayta
ko‗rib chiqishdan manfaatdorlik shunchalik kuchli bo‗ladi.
Shunday qilib, institutsional o‗zgarishlar texnika taraqqiyoti,
yangi
bozorlarning ochilishi, aholi sonining o‗sishi va hokazolar, ya‘ni ular natijasida
tashkiliy va institutsional o‗zaro hamkorlikning ilgari muvafaqiyatli faoliyat
ko‗rsatgan alohida shakllari ―foydasiz‖ bo‗lib qoladigan
jarayonlar oqibatida yuz
berishi mumkin. Yangi rasmiy normalar o‗rniga boshqalari qabul qilinadi,
norasmiy normalarga amal qiladigan insonlar soni kamayib borishi bilan ular asta-
sekin yo‗qolib boradi.
Institutlar paydo bo‗lishining o‗ziga xos jihatlari shundaki, ular o‗zlari paydo
bo‗lishidan avval amal qilgan normalar va sharoitlarga bog‗liq hisoblanadi. Shu
tariqa, har qanday yangi institut, mavjud iqtisodiy yoki ijtimoiy sharoitlar
(institutsional matritsa) tomonidan belgilab beriladi. Institutsional o‗zgarishlar
sezilarsiz tarzda kechishi ham, yoki o‗zgarishlar,
jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-
iqtisodiy tizimning tezda takomillashuviga olib kelishi ham mumkin.
Institutsional o‗zgarishlar eski va yangi institutlar o‗rtasidagi o‗zaro
bog‗liqlik xususiyati ham katta rol o‗ynaydi. D.Nort bog‗liqlikning quyidagi
turlarini ta‘kidlaydi:
Birinchisi – rivojlanishning avvalgi yo‗liga bog‗liqlik – chuqur aloqa, yangi
institutlarning faqatgina eski institutlar negizida paydo bo‗lishini ta‘minlovchi
yangi institutlarning eski institutlarga kuchli bog‗liqligi.
Ikinchisi – mutlaq yangi institutlarning paydo bo‗lishiga bo‗shliq mavjudligi
orqali belgilanadigan nisbatan kamroq.
Bog‗liqlikning ushbu ikki xili evolyutsion xususiyatga ega, chunki eski
institutlardan yangi institutlarga o‗tishda izchillikka amal qilinadi. Evolyutsion
o‗zgarishlar jiddiy iqtisodiy larzalar sodir bo‗lmagan
va ularning jahon ishlab
50
chiqarishidagi ulushi ustun bo‗lgan bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning
institutsional tizimlariga xosdir. Izchilligiga qaramay evolyutsion o‗zgarishlar sifat
jihatdan ilgari siljishlarni istisno etmaydi – miqdoriy-sifat o‗zgarishlar dialektikasi
o‗z kuchida qoladi.
D.Nort tomonidan ajratilgan bog‗liqlikning uchinchi xili – eski va yangi
institutlar o‗rtasida yaqqol aloqa (bog‗liqlik)ning mvjud emasligi – inqilobiy
xususiyatga ega. Inqilobiy o‗zgarishlar jamiyat rivojlanishining avvalgi o‗zgarish
chizig‗iga amal qilishni nazarda tutmaydi va tafakkur tarzi odatlari va
an‘analarining tubdan o‗zgarishi bilan kuzatiladi.
Hatto iqtisodiy tizim samaradorligining oshishiga xizmat qiluvchi inqilobiy
o‗zgarishlar ham aholining ko‗plab guruhlari uchun
jiddiy ijtimoiy oqibatlarni
keltirib chiqarishi mumkin. Bunga bir yaqqol misol tariqasida XV-XVIII asrlarda
Angliyada ro‗y bergan agrar sohadagi tub burilishlar bilan bog‗liq institutsional
o‗zgarishlarni keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: