Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə274/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

Institutoprovayder
– neoinstitutsional nazariya doirasida – ishlab chiqarish 
institutlari va kelishuvlar ishlab chiquvchisi va tarqatuvchisi rolini, institutlar 
inkubatori rolini (tegishli institutsional muhitda yangi institutlarni Еtishtirish), 
yakka tartibdagi institutsional integrator rolini (ushbu normaga amal qiluvchilar 


513 
tarkibiga yangi individlarni jalb qilish) bajargan holda neoinstitutsional tarkibga 
ta‘sir ko‗rsatuvchi tashkilot. 
Institutsionallashtirish 
– individlar o‗rtasidagi munosabatlarda jamiyat 
a‘zolarining katta qismi tomonidan foydalaniladigan muayyan qoidalar yoki 
normalarni mustahkamlash. 
Institutsional vakuum
– bu ilgarigi xo‗jalik tizimini boshqarish 
mexanizmining tugatilishi va yangi mexanizmning mavjud emasligi tufayli 
institutsional tizimda eng kam transaksiya xarajatlariga ega bitimlarning amalga 
oshirilishini qo‗llab-quvvatlashga qodir bo‗lgan rasmiy institutlarning mavjud 
emasligi yoki Еtishmasligi. 
Institutsional matritsa
– bu tarixan barqaror shakllangan, dastlabki 
davlatlarning paydo bo‗lishini va barcha keyingi institutsional tuzilmalarning 
rivojlanishini belgilab bergan, o‗z navbatida, mohiyati hamon saqlanib qolgan 
birlamchi modelni takror yaratishga xizmat qiluvchi bazaviy ijtimoiy institutlar 
tizimi. 
Institutsional nizo
– rasmiy va norasmiy qoidalar o‗rtasidagi nomuvofiqlik 
natijasi. Bir holatda, institutsional nizo istiqbolsiz institutlarning paydo bo‗lishiga, 
boshqa holatda esa samarasiz bo‗lsa-da barqaror hosilalar – institutsional 
tuzoqlarning paydo bo‗lishiga olib keladi. 
Institutsional texnologiya
– bu institutlarni joriy etish (import qilish), 
shuningdek iqtisodiy tizim faoliyat ko‗rsatishi transaksiya xarajatlarining 
pasayishiga olib kelishga va iqtisodiy o‗sishni ta‘minlashga qodir bo‗lgan yangi 
institutlarni ishlab chiqish (etishtirish) bilan bog‗liq texnologiya.


Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin