518
me‘yorlari va rasmana qoidalaridan foydalanilmagan holda amalga oshiriladigan
soha. Xufyona iqtisodiyot quyidagi uchta unsurdan tarkib topadi:
Norasmiy iqtisodiyot
– iqtisodiy
faoliyatning oshkora turlari, unda
xarajatlarni pasaytirish maqsadida tovarlar va xizmatlarning qayd etilmagan tarzda
ishlab chiqarilishi o‗rin tutadi (ta‘kidlash lozimki, davlatdan yashiriladigan barcha
faoliyat turlari huquqiy me‘yorlar bilan tartibga solinishi mumkin emas va
mulkchilik huquqlarini himoyalashning muqobil mexanizmlari qo‗llanilishini talab
qiladi).
Sohta iqtisodiyot
– qo‗shib yozishlar, chayqovchilik bitimlari, poraxo‗rlik va
pulni olish hamda berish bilan bog‗liq har xil tovlamachilik harakatlari iqtisodiyoti.
Kriminal iqtisodiyot
– qonunning (birinchi navbatda –
Jinoiy va Fuqarolik
kodekslarining) to‗g‗ridan-to‗g‗ri buzilishi va mulkchilikning qonuniy huquqlariga
tajovuz qilish bilan bog‗liq iqtisodiy faoliyat.
Xufyona iqtisodiyot
– bu birinchi galda iqtisodiy holat, chunki ushbu sektor
ishtirokchilarining xatti-harakatlari oqilonalik motivi va iqtisodiy foyda bilan
izohlanadi. Bu Еrda faoliyat yurituvchi iqtisodiy sub‘yektlar o‗ziga xos
―homo
economicus‖
modeli bilan yoritiladi.
Xufyona iqtisodiyot
– bu u uchun odatiy xo‗jalik
faoliyatini yuritishda
mavjud qonunlarga amal qilish xarajatlari (transaksiya xarajatlari) o‗z
maqsadlariga erishishdan ko‗riladigan foydadan yuqori bo‗lgan insonlar uchun
panoh (E. de Soto).
Shartnoma
– belgalangan institutsional doiralarda shaxslarning ongli
ravishda va erkin tanlashi natijasi hisoblangan
mulkchilik huquqlari bilan
almashish va ularni himoyalash to‗g‗risidagi kelishuv.
Sotish to‗g‗risidagi shartnoma
– bir xil darajada xatarga betaraf bo‗lgan
shaxslar o‗rtasidagi kelajakda shartnomaning bajarilishi jarayonida
amalga
oshiriladigan
vazifalar doirasini belgilab beruvchi kelishuv.
Yollash to‗g‗risidagi shartnoma
– xatarga betaraf bo‗lgan shaxs va xatarga
qarshi shaxs o‗rtasidagi kelajakda shartnomaning bajarilishi jarayonida
amalga
oshirilishi
mumkin bo‗lgan
vazifalar doirasini belgilab beruvchi kelishuv.
Bunda
519
xatarga qarshi shaxs xatarga betaraf bo‗lgan shaxsga o‗z harakatlari ustidan
nazorat qilish huquqini topshiradi.
Dostları ilə paylaş: