Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

Kirish 
 
Har qanday jamiyat institutsional muhitini tashkil etuvchi ma‘lum bir 
institutlar doirasida faoliyat yuritadi va rivojlanib boradi. O‗zbekistonda 
mustaqillikning dastlabki yilidan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshirilgan 
islohotlar jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida o‗zgarishlarga 
erishildi, iqtisodiyotning yangi xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlari – aksiyadorlik 
jamiyatlari, xolding kompaniyalar, kichik va o‗rta tadbirkorlik korxonalari, fermer 
xo‗jaliklari hamda xususiy mulkchilikning turli shakllari barpo etildi. Shu bilan bir 
vaqtda ular faoliyat yuritishi shartlarini belgilab beruvchi rasmiy qoidalar 
(konstitutsiya, qonunlar, farmonlar va b.) hamda milliy qadriyatlar, urf-odatlar va 
boshqa norasmiy normalarni o‗z ichiga olgan institutsional asoslar yaratildi. 
Bularning barchasi jamiyatda mulkchilik, ishlab chiqarish va taqsimot 
munosabatlarining takomillashuviga, moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan 
samarali foydalanishga kuchli ta‘sir ko‗rsatadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi ―O‗zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖gi 
farmoni bilan tasdiqlangan ―2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi‖ga 
asosan mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo‗nalishi belgilangan:
1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
2. Qonun ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‗rikenglikni ta‘minlash, chuqur 
o‗ylangan, o‗zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish
1
.
1
―2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши 
бўйича Ҳаракатлар стратегияси‖// Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 
февралдаги ―Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси 
тўғрисида‖ги фармони// Халқ сўзи, 2017 йил 8 февраль. 



Harakatlar 
strategiyasining 
maqsadi 
olib 
borilayotgan 
islohotlar 
samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal 
rivojlanishini ta‘minlash uchun shart-sharoitlar 
yaratishdan, 
mamlakatni 
modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir. 
Shu 
bois 
institutsional 
muhitni 
faollashtirish, 
faoliyat 
ko‗rsatayotgan 
iqtisodiyotning rivojlanish qonuniyatlarini bilish, uni modernizatsiya qilish 
yo‗llarini tanlash va xavf-xatarning oldini olishning samarali vositasi zarur. 
Institutsional iqtisodiyot, shubhasiz, ana shunday vositalardan biri hisoblanadi. 
Institutsional iqtisodiyot – bu iqtisodiy nazariya va xo‗jalik amaliyotini 
institutsional o‗zgarishlarning o‗zaro bog‗liqligida o‗rganuvchi zamonaviy 
iqtisodiy fikrlarning ilmiy yo‗nalishlaridan biridir. Ushbu yo‗nalish G‗arb 
mamlakatlari iqtisodiyotining rivojlanishi, talab va taklif qonunlarining ishlashi, 
xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlarning hulq-atvori, bozor va ma‘muriy 
mexanizmlarning faoliyat ko‗rsatishi, iqtisodiy o‗sish va shu kabi boshqa bir qator 
jarayonlar va hodisalarni o‗rganishda keng tadbiq etib kelinmoqda. 
Shularni hisobga olgan holda ushbu fanni keng o‗rganish O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Sh.M.MirziyoЕv tomonidan asoslab berilgan mamlakatni 
chuqur isloh etish va modernizatsiyalashning yangi bosqichida amalga 
oshiriladigan tub o‗zgarishlarning mazmun –mohiyatini tushunish, uning faol 
ishtirokchisiga aylanishda muhim ahamiyatga ega. Bu tub o‗zgartirishlarning 
mazmunini yurtboshimiz asoslab ―
Biz yangi O‗zbekistonni xalqimiz bilan 
birgalikda barpo etamiz, degan ulug‗vor maqsadni o‗z oldimizga qo‗yganmiz. Bu 
borada 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin