Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


–misol.Yaqin do„konchadan kundalik mevalar xarid qilish iste‟molchi



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

2–misol.Yaqin do„konchadan kundalik mevalar xarid qilish iste‟molchi 
tomonidan amalga oshirilgan maqsadga muvofiq xatti-harakatning to„liq 
ifodasi hisoblanadimi?
a) ha; 
b) yo‗q. 
Javob: b), 
chunki to‗liq maqsadga muvofiqlik modeliga muvofiq harakat 
qiluvchi iste‘molchi har kuniumuman bozorda o‗zini qiziqtiruvchi meva navining 
narxi haqidagi axborotni to‗plashi va ushbu mevalarni ular eng arzon bo‗lgan 
joyda xarid qilishi lozim. 
 
3–misol.Institutsional nazariyaning qaysi yo„nalishi vakillari “Do„sting 
kimligini ayt, men esa sening kimligini aytaman” degan iborani 
ma‟qullashgan bo„lardi? 
a) "eski" institutsionalizm; 
b) "yangi" institutsional iqtisodiyot; 


55 
v) neoinstitutsional iqtisodiyot. 
Javob: a), 
gap xolizmtamoyili haqida borayapti. 
4–misol. Institutsional nazariyaning qaysi yo„nalishi vakillarini 
navbatdagi seminarga tayyorlanmagan talabaning quyidagi bahonasi 
qiziqtirmaydi: "Universitet kutubxonasi yopiq edi, boshqa kutubxonada 
kerakli kitob topilmadi va umuman olganda bizda ushbu haftada 
tayyorgarlik ko„rish lozim bo„lgan ikkita test va bitta kurs ishi bor edi"? 
a) "eski" institutsionalizm; 
b) "yangi" institutsional iqtisodiyot; 
v) neoinstitutsional iqtisodiyot. 
Javob: v), 
metodologik individualizm tamoyiliga ko‗ra faqat 
talabaning o‗zi o‗z ishining tashkil etilishiga javob beradi, tashqi 
institutsional omillar esa ikkinchi darajali bo‗lib, talabaning o‗qishga 
bo‗lgan munosabatini aks ettiradi. 
KЕYSLAR 
Rasmiy va norasmiy institutlar: talabalarning ko‘chirishlariga qarshi 
qanday kurashish mumkin?
Talabalarni dastur yordamida chiqarib olingan ko‗chirma uchun haydashadi.
Virjiniya shtati universiteti fizika fakultetining professori Lu Blumfild 
(LowBloomfield)

talabalar o‗rtasida ko‗p sonli adabiy o‗g‗irlik holatlari haqida 
eshitib, unga kiritilgan talabalar ishlarini 50 soat ichida matnli ko‗rinishlarning 
mos kelishi nuqtai nazaridan tahlil qiladigan maxsus kompyuter dasturini yozdi. 
Tahlil tugaganidan keyin dastur professorni g‗azablantiradigan natijalarni berdi, — 
aniqlanishicha, talabalarning aksariyati o‗z ishlari uchunkatta miqdordagi tayyor 
matnlarni Internetdan hamda boshqa talabalarning ishlaridan o‗zlashtirib olar ekan. 
Professorning talabiga ko‗ra universitetda maxsus tekshirib boshlanib, unda 122 
nafar talaba va bitiruvchidan iborat ro‗yxat tuzildi. Talabalar endi universitetdan 
haydalishi, bitiruvchilar esa diplomdan mahrum etilishi mumkin, deb xabar beradi 
«
Associated Press». 
Universitet xodimlari ushbu ibratli jarayon hozircha qo‗lga 
tushmagan talabalarga oliy ta‘limning mohiyati nimadan iborat ekanligini anglab 


56 
Еtishga yordam berishiga umid qilmoqda. Bundan tashqari, xodimlarning e‘tirof 
etishlaricha, hozirgi vaqtda kompyuter texnikasining rivojlanganligi munosabati 
bilan o‗zgalar matnlarini o‗zlashtirish jarayoni avvalgi o‗n yillikka qaraganda 
g‗oyat soddalashdi, chunki ilgari kitoblardan yoki boshqa ishlardan axborotni 
qo‗lda ko‗chirish yoki bosmalash lozim edi. 
V.V. RadaЕv bilan suxbatdan
 
Bugungi kunda ko‗chirmachilik muammosi barcha o‗quv korxonalarida 
mavjud. Lekin biz universitetimiz (GU VShE) alohida, eng yaxshi bo‗lishini 
xohlaymiz. Shuning uchun hozirda biz ko‗chirmachilikka qarshi kurashishni 
faollashtirmoqdamiz. Biz talabani adabiy o‗g‗irlik, ko‗chirish yoki sohtakorlik 
ustida ushlagan o‗qituvchilar nima qilishi kerakligi aniq yozib qo‗yilgan shunday 
hujjatni tayyorladikki, unda talabani universitdan haydashgacha keskin choralar 
nazarda tutilgan. Bunda talaba o‗qituvchining hatosidan kafolatlangan bo‗lishi 
kerak. O‗quvchilarning huquqlarini ham himoya qilish lozim. Shuning uchun 
talaba shikoyat arizasini berishga haqli. Lekin agar uning aybi isbotlansa, jazo 
qat‘iy bo‗lishi kerak. O‗qituvchi sifatida men barcha qoidalarni birinchi 
mashg‗ulotning o‗zidayoq e‘lon qilaman. Ko‗chirmachilikka nisbatan munosabat 
oddiy: aniqlangan holatda darhol «qoniqarsiz» baho qo‗yiladi. Hukum qat‘iy, 
shikoyatga o‗rin yo‗q. Agar qoidalar brcha oldindan ma‘lum bo‗lsa tortishishga na 
hojat. Ko‗chirish tavakkalchiligi haqida tinimsiz ogohlantiraman. Agar kimdir 
yonidagidan ko‗chirgan bo‗lsa, ikkalasiga ham «qoniqarsiz» baho qo‗yiladi. 
Ammo hamma gap ko‗chirish va adabiy o‗g‗irlikda emas. Bundan tashqari, 
sohtakorlik ham mavjud. Bu bir talaba boshqasi uchun qalbaki hujjat bo‗yicha 
zachyot yoki imtihon topshiradigan holat. Ana shunday holatlardan biri bizda ham 
aniqlandi. Biz buning uchun talabani universitdan haydadik. Hozircha hech kim 
buni takrorlashga tavakkal qilgani yo‗q. Bunday holatlarning oldini olish choralari 
ko‗rilmoqda. Ko‗chirmachilikka kelsak, yana shuni takrorlaymanki, buning uchun 
ham ayab o‗timasdan universitdan haydaymiz. Еngil-elpilik hayotda ham, o‗qishda 
ham bo‗lmasligi lozim.

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin