61
III BOB. O„YINLAR NAZARIYaSI VA O„ZARO
HAMKORLIKLARNI MODЕLLAShTIRISh
3.1. O„yinlar nazariyasining asosiy tushunchalari
3.2. Muvozanatlar turlari va ularni qidirish yo„llari
3.3. O„yinlar nazariyasi tayanch modellarining tasnifi
3.1. O„yinlar nazariyasining asosiy tushunchalari
Ma‘lumki, neoklassikaning «qat‘iy negizi»dagi o‗zaro hamkorliklarni tahlil
qilishda differensial hisoblashdan foydalanilgan. Institutsional iqtisodiy nazariyada
yuqoridagi tadqiqot usulini tayanch usul sifatida qo‗llash unchalik qulay emas.
Institutsional
iqtisodiy
nazariyaning
predmetini
individlarlarning
o‗zaro
hamkor(harakat)ligi hamda ushbu hamkorlikni ta‘minlovchi tuzilmalar tashkil
etadi.
Institutsional iqtisodiyot formal modellarni tuzish uchun Jon fon Neyman va
Oskar Morgenshternning «O‗yinlar nazariyasi va iqtisodiy xatti-harakat» (1944)
kitobidagi fikrlarga asoslangan
o‗yinlar nazariyasidan
foydalanadi. Ushbu
nazariyaning rivojlanishi Djon Nesh 1950 yilda kiritgan muvozanat vaziyati
tushunchasi bilan bog‗liq. Bu bilan nokoalitsion o‗yinlarning Еchish usuli ishlab
chiqildi.
62
1994
yilga kelib, birdaniga uch tadqiqotchi ―nokooperativ o‗yinlar‖
nazariyasidagi muvozonatni birinchi bor tahlil qilib chiqqanligi uchun iqtisodiyot
bo‗yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‗ldilar. Bular: Raynxad Selten (Germaniya),
Jog Nesh (AQSh), Jon S.Xarsani (asli vengriyalik – AQSh). Ushbu tadqiqot
usulining o‗ziga xos asosiy belgilari ichida quyidagilarni ajratish lozim.
Birinchidan, o‗yinlar nazariyasi individlarning o‗zaro shartlashilgan xatti-
harakatlari vaziyatini tahlil qilish bilan shug‗ullanadi: har bir shartning hal etilishi
o‗zaro hamkorlik natijasiga va o‗z
navbatida, qolgan individlarning qarorlariga
ta‘sir ko‗rsatadi. Individ o‗z harakatlari masalasini hal etayotib, o‗zini
kontragentlar o‗rniga qo‗yib ko‗rishi kerak. Ikkinchidan, o‗yinlar
nazariyasi,
mukammal kalkulyator sifatidagi individdan tortib to robot sifatidagi individgacha
qator modellardan foydalangan holda, individlarning to‗liq ratsionalligini talab
qilmaydi.
Uchinchidan,
o‗yinlar
nazariyasi
o‗zaro
hamkorliklardagi
muvozanatning mavjudligi, yagonaligi va Pareto-optimalligini nazarda tutmaydi.
Ushbu sabablar o‗yinlar nazariyasi yordamida qurilgan
institutlarning formal
modellariga bo‗lgan qiziqishni orttiradi.
63
O‗yinlar nazariyasidagi formal modelni tashkil etish uchun: ishtirokchi
individlarning mavjudligi; har bir ishtirokchining imkoniyatlar to‗plami;
ishtirokchilarning strategiyalari hisobga olinishi lozim.
O‗yinlar nazariyasi tarkibiy jihatdan kooperativ (koalitsiyali) va
nokooperativ
(koalitsiyasiz)
nazariyalarga
ajratiladi.
Bunda
o‗yin
ishtirokchilarining o‗zaro kelishuvi darajasiga ko‗ra, kooperativ(koalitsiyali) va
nokooperativ(koalitsiyasiz) o‗yinlar nazarda tutiladi. Shartli ravishda aytish
mumkinki, birinchi guruh nazariyalar
makrodarajadagi tahlilga, ikkinchi
guruhdagilar esa, mikrodarajaga e‘tiborni qaratadilar.
Kooperativ (koalitsiyali) o‗yinlar – bu ishtirokchilar o‗rtasida axborot
almashish va ittifoq tuzish mumkin bo‗lgan vaziyatlar. Nokooperativ
(koalitsiyasiz) o‗yinlarda yakka ishtirokchi tahlil qilishning boshlang‗ich
nuqtasi
hisoblanadi, bunda ishtirokchilar o‗rtasida axborot almashish va ittifoq tuzish
mumkin emas. O‗yinlar asosan matritsa shaklida namoyon etiladi. Nokooperativ
(koalitsiyasiz) o‗yinlarda ishtirokchilar o‗zaro ziddiyatli munosabatda bo‗ladilar.
Har bir ishtirokchi o‗z yutug‗ini oshirishga xarakat qiladi. Birining yutug‗i
ikkinchisining yutqizishiga olib keladi. Har bir o‗yin ishtirokchisining ziddiyatli
vaziyatlarni hal etish borasidagi xarakat dasturi o‗yin ishtirokchisining strategiyasi
deyiladi.
G=F(N,St,P)
Demak, o‗yin (G)ni tahlil etishda uch qism: o‗yinchilar soni (N);
strategiyalar majmuasi (St); ishtirokchilarning yutuq (P)lari asos bo‗ladi(qarang:
3.1.1.-rasm).
Dostları ilə paylaş: