Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

Nesh bo‘yicha muvozanat
.
B firmaning ishlab chiqarish hajmini avvalgi 
darajada saqlab turish to‗g‗risidagi qaroriga A firmaning eng yaxshi javobi - 
bozorga kirmaslik, ishlab chiqarish hajmini pasaytirish qaroriga esa, - bozorga 
kirish.
A firmaning bozorga kirish to‗g‗risidagi qaroriga B firmaning eng yaxshi 
javobi - ishlab chiqarish hajmini pasaytirish, bozorga kirmaslik qarori qabul 
qilinganda esa – ikkala strategiya ham bir xil natija beradi. Shuning uchun, Nesh 
bo‗yicha ikkita (N
1
, N
2
) muvozanat (4; 4) va (0; 10) nuqtalarida turibdi: A firma 
bozorga kiradi, B firma esa ishlab chiqarish hajmini pasaytiradi; yoki A firma 
bozorga chiqmaydi, B firma esa ishlab chiqarish hajmini pasaytirmaydi. Bunga 
ishonch hosil qilish oson, chunki ushbu nuqtalarda ishtirokchilardan hech biri o‗z 
strategiyasini o‗zgartirishdan manfaatdor emas. 
Shtakelberg bo‘yicha muvozanat
.
Faraz qilaylik, birinchi bo‗lib A firma 
qaror qabul qiladi. Agar u bozorga kirishga qaror qilsa, pirovardida (4; 4) nuqtada 
bo‗ladi: B firmaning tanlashi ushbu vaziyatda bir xil, 4>-2. Agar u bozorga 
chiqmaslikka qaror qilsa, yakun ikki nuqta (0; 10): B firmaning qarori ikkala 
variantni ham qo‗llash imkonini beradi. Buni bilgan holda, A firma, 4 va 0 ni 
taqqoslab, o‗z foydasini (4; 4) nuqtalarda ko‗paytiradi. Qarorlar bir xil va 
Shtakelberg bo‗yicha birinchi muvozanat St
A
(4; 4) nuqtalarda bo‗ladi. Huddi shu 


77 
tariqa, birinchi bo‗lib qarorni B firma qabul qilganda, Shtakelberg bo‗yicha 
muvozanat St
B
(0; 10) nuqtalarda bo‗ladi. 
Pareto bo‘yicha muvozanat
.
Pareto bo‗yicha optimumni aniqlash uchun, biz 
«O‗yinning istalgan boshqa yakuniga o‗tish bir vaqtning o‗zida ikkala ishtirokchi 
uchun ham foydalilikning oshishini ta‘minlaydimi?» degan savolga javob 
berayotib, o‗yinning barcha to‗rtta yakunini izchil tanlab olishimiz zarur. Masalan, 
(-3; -2) yakundan biz ko‗rsatilgan shartni bajarayotib, istalgan boshqa yakunga 
o‗tishimiz mumkin. Faqat (4; 4) yakundan biz, bunda o‗yinchilardan hech birining 
foydaliligini kamaytirmagan holda, harakatlana olmaymiz va bu Pareto bo‗yicha – 
R muvozanat bo‗ladi. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin