78
O‗yin shunisi bilan qiziqki, bu Еrda ikkala ishtirokchida ham ustun
strategiya mavjud (£) «konsertga borish» – xotin uchun, «futbol matchiga borish» -
er uchun.
KЕYSLAR
Aholiga maishiy xizmatlar ko‘rsatish
Xaridor (erkak kishi) do‗kondan kurtka sotib oldi. Uni kimyoviy usul bilan
tozalash korxonasiga topshirdi. U Еrda kurtkani tozalash vaqtida uni yirtib
qo‗yishdi. Mijoz kurtkani olishdan bosh tortib, kompensatsiya talab qildi. Biroq
korxonada bu hol zavodda yo‗l qo‗yilgan nuqson tufayli yuz berdi deb javob
qilishdi. Kimyoviy usul bilan tozalash korxonasi kompensatsiya to‗lashdan bosh
tortib, mustaqil ekspertiza xulosasining taqdim etilishini taklif qildi. Do‗konda
kurtkani almashtirishdan bosh tortishmoqda, chunki uni xaridor kiygan.
Do‗konning cheki va kimyoviy usul bilan tozalash korxonasidan berigan
kvitansiya mijozda mavjud emas. Xaridorga zararni kim qoplashi kerak?
Dostları ilə paylaş: