89
-
mukammal kognitiv qobiliyat va almashuvda to‗liq
axborotga ega
bo‗lish;
-
shartnoma tuzishda maxsus taomillardan foydalanish.
Ikkinchi jihat optimal shartnoma nazariyasini maxsus o‗rganish predmeti
hisoblanadi, shuning uchun bu Еrda bozor konstitutsiyasining ikkinchi unsuri
sifatida
to‗liq ratsionallik
mezonlariga javob beruvchi
ratsional maqsadli fe‘l-
atvor
ni ta‘kidlash lozim.
Maqsadli ratsional fe‘l-atvor shakllanishining asoslardan biri atrof-muhit
predmetlari va odamlarning fe‘l – atvorini kutilayogan
voqelikka nisbatan mos
ravishda ayta olishdir. Individ tomonidan qabul qilinadigan qarorlar xatarining
hamkor faoliyati asosida aniqlangan vaziyatlari kutilayotgan voqelikka kontragent
xarakatlarining mos bo‗lishi uchun o‗ta ahamiyatlidir. O‗zaro bog‗liqlar sharoitida
individlar o‗rtasidagi munosobatlarni tartibga soluvchi norma sifatidagi ishonch
bo‗lgan taqdirda maqsadli ratsional harakatga erishiladi. Individga o‗z harakatini
boshlashidan oldin atrofdagi harakatlar aniq bo‗lib,
individ tanloviga ayrim
atrofdagi harakatlar bo‗yicha kutilishlarning ta‘sir qilishiga ishonch deyiladi.
Bozordagi bitim bilan individuallashmagan ishonch o‗rtasidagi bog‗liqlik oldindan
to‗lovlarning amal qilishida namoyon bo‗ladi. Bu eng oddiy bozor bitimi
hisoblanadi.
Iqtisodiyoti
rivojlangan
malakatlarda
ishonchning
individuallashmaganligi bo‗yicha o‗tkazilgan so‗rovlarga javoblar (Daniya-94 %;
Germaniya-90 %; Fransiya-84%)da yuqori natijalar olingan.
Bozor konstitutsiyasining yana bir normasi empatiya bo‗lib, bunda individ
o‗zini hamkor o‗rniga qo‗yib ko‗radi va uning barcha kechinmalari, qiziqishlari va
mo‗ljallarini bozor subekti sifatida o‗zidan o‗tkazishga harakat qiladi.
Ayrim
shaxslar doirasi bilan cheklanmagan empatiya individning o‗z xarakatlarida
erkinlikka chiqqani bilan bog‗liq. Insonning faoliyati qancha erkin bo‗lsa, u
atrofdagilarning harakatini shuncha yaxshi tushunadi va uni oldindan ayta oladi.
Bu erkinlik normasining ratsional asoslangan maqsadga erishishda to‗siq emas,
balki muvaffaqiyat shartiga aylanishini ta‘minlaydi. So‗nggi norma legalizm
bo‗lib, bunda qonunni hurmat kilish va o‗z ixtiyoriga ko‗ra, unga bo‗ysinish
90
tushuniladi. Bu norma ayni chog‗da, mulkiy huquqlarning
samarali himoya
qilinishiga ham yo‗l ochadi. Yuqorda bayon etilganlardan shu narsa kelib
chiqadiki, bozor konstitutsiyasi normalarida ham ayrim nuqsonlar mavjud bo‗lgani
holda, ularning o‗zaro bog‗liq tarzda amal qilishi tizimning muntazam
takomillashuviga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: