Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


I BOB. INSTITUSIONAL NAZARIYaLARNING PAYDO BO„LIShI VA



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

I BOB. INSTITUSIONAL NAZARIYaLARNING PAYDO BO„LIShI VA 
RIVOJLANIShI 
 
Kirish 
1.1. Institutsional nazariyalarning paydo bo„lishi va rivojlanishi tarixi 
1.2. Institutsionalizmning metodologik asoslari va institutsional tahlilda 
boshlang„ich nuqta masalasi 
1.3. Neoinstitutsional nazariyaning asosiy yo„nalishlari 
1.4. Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari 
 
Kirish 
 
―Institutsional iqtisodiyot‖ fani institutlar nazariyasining paydo bo‗lishi va 
rivojlanishi bosqichlari va xususiyatlari, institutlarning jamiyat rivojidagi roli, 
rasmiy va norasmiy normalarning shakllanishi, o‗zgarib borishi va ularning o‗zaro 
bog‗liqligi, reja va bozor institutlari, mulkchilik huquqlari va shakllari
transaksiyalar va transaksiya xarajatlari, shartnoma, xufyona iqtisodiyot, firma, 
davlat va uy xo‗jaligi faoliyati o‗zgarishi va ular rivojlanish qoidalarining 
takomillashuvining nazariy va amaliy asoslarini o‗rgatadi. 
O„quv fanining maqsadi va vazifalari 
Fanni o‗qitishdan maqsad – talabalarda institutsional iqtisodiyotining 
shakllanishi va rivojlanishining ham nazariy, ham amaliy tomonlarini, iqtisodiyot 
sub‘yektlari faoliyatini o‗rganish usullari bo‗yicha bilim, ko‗nikma va malakalarini 
shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga iqtisodiyotda institutlar tizimi rivojlanishi
mulk huquqlari, ular shakllari faoliyatiga ta‘sir qiluvchi omillarni, davlat va uy 
xo‗jaligi kabi institutlarni, institutsional islohotlarni tahlil qilish asosida xulosalar 
chiqarishni o‗rgatishdan iborat. 



Fanning predmetini insonlar tomonidan barpo etiladigan va o‗zaro 
hamkorlikni tarkiblovchi siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy me‘yorlar va qoidalar
 
tashkil etadi. 
―Institutsional iqtisodiyot‖ o‗quv fanini o‗zlashtirish jarayonida amalga 
oshiriladigan masalalar doirasida talaba:

institutlar tushunchasi, institutsionalizm mohiyati va tamoyillari; institutlar 
va ularning iqtisodiyotdagi roli; rejali va bozor iqtisodiyot institutlari asosiy 
qonunlari; transaksiyalar va transaksion xarajatlari ahamiyati; institutsional 
islohotlar maqsadi, vazifalari va huquqiy asoslari; shartnoma (kontrakt) 
tushunchasi va uning asosiy shartlari; bozor, firma va xufyona iqtisodiyotning 
kelib chiqishi sabablari haqida

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin