98
3.
Taqchillikning ma‘lum darajada barqarorlashuvi
hamda iqtisodiy agentlar
ushbu darajaga moslashuvi tizimda normal
taqchillik holatini yuzaga
keltiradi.
4.
Oddiy utilitarizm individning samarasiz faoliyati bilan bog‗liq bo‗lmagan
holda o‗z foydaliligini oshirishga intilishidir.
5.
Buyruqbozlik iqtisodiyotining birinchi
normasi oddiy va cheklangan
utilitarizmdan iborat.
6.
Ishonch normasi ikkita shaklda davlatga ishonch sifatida va bir birini yaxshi
bilgan shaxslar doirasi bilan cheklangan mikrodarajadagi
ishonch sifatida
mavjud bo‗ladi.
7.
Bozorlardagi barqaror muvozanat bozor
normalaridan foydalanmaslik
natijasi hisoblanadi.
8.
Murakkab utilitarizm individ tomonidan o‗z foydaliligining samarali faoliyat
asosida oshirilishidir.
9.
Oddiy utilitarizm foydalilikni oshirishni rentani
izlashga va yuqori foyda
olishga aylantirishni nazarda tutadi.
10.
Ratsional maqsadli fe‘l-atvor individning ratsional qo‗yilgan va o‗ylangan
maqsadga erishish uchun tashqi olam predmetlari va insonlarning ma‘lum
fe‘l-atvoridan foydalanishini nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: