56
xos ravishda to‘lqinlanadi. Bunday to‘lqinlanish asosiy to‘lqinlanishga nisbatan uning
yarmini, uchdan birini yoki chorak qismini tashkil etishi mumkin.
Ana shunday
qo‘shimcha to‘lqinlarning jaranglashi natijasida qo‘shimcha ovozlar yoki ohanglar –
obertonlar hosil bo‘ladi. Bu aytilganlar tembrning umumiy akustik xarakteristikasidir.
Hamma unli tovushda ham ovoz bor. Lekin ular bir-birlaridan tembri bilan farq
qiladi. Bunda og‘iz bo‘shlig‘i asosiy va eng murakkab rezonanslik vazifasini
bajaradi,
shu bilan birga, nutq jarayonida tovush tembrining hosil qilinishida
yumshoq tanglay (xususan, burun rezonansini hosil qilish uchun)
va tovush
paychalari ham faol ishtirok etadi. Bulardan tashqari, nutq tovushlarini hosil qilishda
til, lab, tish va boshqa nutq organlarining ham o‘ziga xos o‘rni bor.
Boshqacha aytganda, tovushning boshqa sifat ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda,
nutq tovushlarini hosil qilishda tovush tembrining ham muhim ahamiyati bor. Biroq
nutq tovushlarini hosil qilishda akustik jihat bilan bir qatorda fiziologik jihat, ya’ni
nutq organlari ishtiroki muhim rol o‘ynaydi. Biroq
bu ikki tomon ham nutq
tovushlarining to‘liq qimmatini yarata olmaydi. Ularning to‘liq qimmati nutq
tovushlarining ma’no
yaratish xususiyatlari tufayli, sotsial qimmati tufayli yuzaga
chiqadi.
Dostları ilə paylaş: