74
ta’kidlaganidek, intonatsiya gapda ikki funksiyani bajaradi:
struktur-sintaktik
(uyushtiruvchi) va xususiy semantik
1
.
Intonatsiyaning struktur-sintaktik funksiyasi intonemalarni birlashtirish va
ajratish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Bu funksiya yordamida jumlaning
tugallanganligi va tugallanmaganligi oppozitsiyasi,
jumla komponentlarining
bog‘liqligi va ajralganligi, uyushganligi va uyushmaganligi kabi oppozitsiyalar
ifodalanadi.
Intonatsiyaning semantik funksiyasi esa kommunikatsiya jarayonida yuzaga
chiqadi. U nutq akti va muloqot vaziyati ta’sirida jumla mazmunining o‘zgarishi
bilan belgilanadi. Bunga ko‘ra, intonatsiya gaplarning kommunikativ hamda
informativ
turlarini, mazmuniy tugallanganligi yoki tugallanmaganligini, emotsional
bo‘yog‘ini, kommunikantlarning bir-biriga va bildirilayotgan fikrga munosabatlarini
ifodalaydi. Masalan, quyidagi misollar orqali intonatsiyaning gapning aktual
bo‘linishiga ta’sirini ko‘rishimiz mumkin. Ovoz tonining ko‘tarilishi gap tarkibidagi
qaysi bo‘lakka to‘g‘ri kelishi (logik urg‘uning o‘rni)ga va pauzaning o‘rniga qarab
gapning tema-rematik munosabati o‘zgarishi mumkin:
Dostları ilə paylaş: