81
intonatsiya va sintaktik strukturadan bilinib turadi.
Biroq bunda asosiy rolni
intonatsiya o‘ynaydi. Sintaktik struktura esa yordamchi vazifani bajaradi (sintaktik
struktura yuqoridagi gapning intonatsiya yordamida inkor mazmunini anglatishga
zamin yaratgan)
1
.
Bularning barchasi nutq jarayonida jumla qurilishida intonatsiyaning roli va
mavqei alohida e’tiborga loyiq ekanligidan, u tilning boshqa birliklari singari
murakkab
butunlik sanalib, til sitemasida o‘ziga xos mavqega egaligidan dalolat
beradi. Shu bilan birgalikda, ohangning bunday murakkab strukturaga egaligi,
tabiiyki, ta’lim jarayonida bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Xususan,
yuqorida ko‘rib o‘tilganidek, tartib o‘zgarmagan holda tema-rematik munosabatning
o‘zgarishi, so‘zlovchining kommunikativ niyati kabilar intonatsiya yordamida amalga
oshirilishi mumkin.
Demak, intonatsiya gap strukturasining zaruriy komponentlaridan biri bo‘lib, u
gap tarkibiy qismlarini, N.I.Jinkin ta’biri
bilan aytganda, sementlovchi vositadir
2
.
Intonatsiya
o‘z
funksiyasini
kommunikatsiya
jarayonida
bajaradi
va
kommunikantlarning xohishiga qarab gapning shakliy tuzilishiga ta’sir etmagan
holda, uning mazmuniy strukturasiga rang-barang ma’no ottenkalarini yuklashi
mumkin. Bundan tashqari, intonatsiya murakkab butunlik bo‘lib, uni tashkil etuvchi
komponentlarning o‘zaro nisbatlanishi turli tillarda turlichadir. Shuning uchun har bir
til doirasida uning intonatsion xususiyatlarini o‘rganish
shu tilning kommuniktiv
imkoniyatlarini va shu til egalarining mental xususiyatlarini yoritib berishga yo‘l
ochadi.
Dostları ilə paylaş: