S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


Barm oq izlarining skanerlari



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/249
tarix18.11.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#132991
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

Barm oq izlarining skanerlari.
Barmoq izlarini skanerlovchi 
an’anaviy qurilmalarda asosiy element sifatida barmoqning xarak- 
terli rasmini qaydlovchi kichkina optik kamera ishlatiladi. Ammo, 
daktiloskopik qurilmalami ishlab chiqaruvchilaming ko‘pchiligi 
integral sxema asosidagi sensorli qurilmalarga e’tibor bermoqdalar. 
Bunday tendensiya barmoq izlariga asoslangan autentifikatsiya- 
lashni qo‘llashning yangi sohalarini ochadi.
Bunday texnologiyalami ishlab chiquvchi kompaniyalar bar­
moq izlarini olishda turli, xususan, elektrik, elektromagnit va bosh­
qa usullami amalga oshimvchi vositalardan foydalanadilar.
Skanerlardan biri barmoq izi tasvirini shakllantirish maqsadida 
teri qismlarining sig‘im qarshiligini o‘lchaydi. Masalan, Veridicom 
kompaniyasining daktiloskopik qurilmasi yarim-o‘tkazgichli datchik 
yordamida sig‘im qarshiligini aniqlash orqali axborotni yig‘adi. 
Sensor ishlashining prinsipi quyidagicha: ushbu asbobga qo‘yilgan 
barmoq kondensator plastinalarining biri vazifasini o‘taydi (6.6- 
rasm). Sensor sirtida joylashgan ikkinchi plastina kondensatoming 
90000 sezgir plastinkali kremniy mikrosxemasidan iborat. Sezgir 
sig‘im datchiklari barmoq sirti do‘ngliklari va pastliklari orasidagi 
elektrik maydon kuchining o'zgarishini o‘lchaydi. Natijada
166


do‘ngliklar va pastliklargacha bo‘lgan masofa aniqlanib, barmoq izi 
tasviri olinadi.
Integral sxema asosidagi sensorli tekshirishda AuthenTec kom- 
paniyasida ishlatiluvchi usul aniqlikni yana ham oshirishga imkon 
beradi.
Qator ishlab chiqaruvchilar biometrik tizimlami smart-kartalar 
va karta-kalitlar bilan kombinatsiyalaydilar.
P astlikkacha 
D o ‘nglikkacha
m asofa 
m asofa
Integral sxemalar asosidagi barmoq izlari datchiklarining ki- 
chik oichamlari va yuqori bo‘lmagan narxi, ulami himoya tizimi 
uchun ideal interfeysga aylantiradi. Ulami kalitlar uchun breloklarga 
o‘matish mumkin. Natijada foydalanuvchi kompyuterdan boshlab to 
kirish yo‘li, avtomobillar va bankomatlar eshiklaridan himoyali 
foydalanishni ta’minlaydigan universal kalitga ega bo‘ladi.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin